AQSH raketalar boʻyicha bitimni qachon toʻxtatishini maʼlum qildi

777
0

AQSH raketalar boʻyicha bitimni qachon toʻxtatishini maʼlum qildi

AQSH 1987 yilgi Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi Rossiya bilan bitim boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻxtatishni rejalashtirmoqda. Bu shu dam olish kunlari eng soʻnggi muddat tugaganidan keyin yuz beradi, deb xabar qildi “Bloomberg” agentligi Oq uydagi manbaga tayangan holda.

Agar Rossiya 9M729 sifatida mashhur boʻlgan, yer ustida joylashtiriluvchi barcha qanotli raketalarni, shuningdek, tegishli uskunalar va uchirish qurilmalarini 2 fevralga qadar yoʻq qilmasa, unda AQSH Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻxtatadi, deya maʼlum qilgan anonim manba.

Manba AQSH shu bilan bir vaqtda Oʻrta va kichik masofadagi raketalar toʻgʻrisidagi bitimdan butunlay chiqib ketishi haqida bayonot berishiga oydinlik kiritmagan. Agentlik qayd etishicha, AQSHning Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitimdan toʻliq chiqishi olti oy davom etishi mumkin. NATO rasmiy shaxslari bunga tayyor, deyiladi materialda.

AQSH va NATO Rossiyani Oʻrta va kichik masofadagi raketalar toʻgʻrisidagi bitimni buzganlikda ayblamoqda – 9M729 raketa tizimi uning shartlariga zid ekani aytiladi. Rossiyaning iddao etishicha, ushbu raketa masofasi 500 kilometrdan oshmaydi, bitim shartlari esa buzilmagan. 4 dekabr kuni AQSH agar Rossiya 60 kun ichida uni bajarishga qaytmasa, bitimdan chiqishi haqida maʼlum qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.