Tramp Islom oʻlkalarining rahbarlarini tahqirlab bayonot berdi

1172
0

Tramp Islom oʻlkalarining rahbarlarini tahqirlab bayonot berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Islom oʻlkalarining rahbarlarini ochiq tahqirlagan holda bayonot berdi. Tramp bu bayonoti bilan Islom oʻlkalarining rahbarlari bilan mensimay muomala qilishini va istagan vaqtda ularni yerga urishini, ular esa oʻz xalqlarini oldida ogʻir ohvolga tushib qolsa ham, Trampning istagini amalga oshirish uchun uning amriga itoat qilishini oshkor qildi. Uning taʼkidlashicha, Islom oʻlkalarining rahbarlari Quddus masalasiga tegishli qarorlar haqida Tramp bilan telefon orqali gaplashishni xohlagan paytda, Tramp ular bilan gaplashishni keyinga surgan, soʻng esa oʻzi telefon qilib, ularni masxara qilgan.

“Qirollar, prezidentlar va diktatorlardan telefon qoʻngʻiroqlari kelardi. Hammasidan telefon qoʻngʻiroq kelardi. Men nima uchun qoʻngʻiroq qilayotganligini bilganligim uchun, “ularga keyingi hafta oʻzim telefon qilishimni aytib qoʻyinglar” der edim. Soʻngra ularga oʻzim qoʻngʻiroq qilib, “bu haqda bunday his tuygʻuga ega ekanligingizni bilmagan edim, Endi juda kech boʻldi”, deb aytdim”, dedi Tramp AQShning Tel-avivdagi elchixonasini Quddusga koʻchirish haqida bergan bayonotida.

Tramp oʻzidan avvalgi koʻp prezidentlar AQSh elchixonasini Quddusga koʻchirishga vaʼda berganligi, ammo ularning hech biri oʻz vaʼdasini bajarmaganligini bildirdi. Unga koʻra, oʻzidan avvalgi prezidentlar bu borada tashqi davlatlardan katta bosim ostida qolgan.

 “Men buning sababini tushunaman. Vaqti kelib, odamlar bu haqida mish-mishlarni eshita boshlaganda, dunyoning har tarafidan menga yolvorgan, bunday qilmasligimizni istagan prezidentlarning qoʻngʻiroqlari qalashib ketdi. Men esa ularning qoʻngʻiroqlariga hech javob bermadim. Ish bitgandan soʻng ularga oʻzim qoʻngʻiroq qildim”, deya maqtandi Tramp.

AQShning Tel-Avivdagi elchixonasini Quddusga koʻchirilishidan eng kup xursand boʻlganlar, protestant nasroniylar ekanligini bildirgan Tramp “Mana biz buni amalga oshirdik. Bu bilan faxrlanamiz, bundan bahramand boʻling” – deya koʻkrak kerdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.