AQSh Xitoy bilan “texnologik urush” boshlamoqchi

588
0

AQSh Xitoy bilan “texnologik urush” boshlamoqchi

 AQShning Xitoyga qarshi savdo urushi asosiy raqib bilan “texnologik urushni” boshlash uchun faqatgina bahonadir. Bu haqda Fudanь Shanxay universiteti siyosatshunosi Ven Yan aytib oʻtdi. Bu haqida “kun.uz” xabar qilmoqda.

 Uning soʻzlariga koʻra, Amerikaning taktikasi ZTE va “Fujian Jinhua Integrated Circuit Company” yirik texnologiya kompaniyalari bilan bogʻliq hodisalar, shuningdek, dekabr oyida “Huawei” kompaniyasi bilan yuz bergan voqea tufayli oshkor boʻldi. Ven Yanning fikricha, Qoʻshma Shtatlar Xitoyning innovatsion korxonalarini nishonga olgan. Avvalroq Kanadada AQShning iltimosi boʻyicha “Huawei” moliyaviy direktori Men Vanьchjou hibsga olindi. Bu hafta Kanadadagi sud uni garov evaziga ozod etishga qaror qildi.

 Yanning ishonch bildirishicha, “Huawei” amerikaliklar nishoniga aylangan soʻnggi kompaniya emas. Uning qoʻshimcha qilishicha, AQSh, katta ehtimol bilan, bunday kampaniyani oʻtkazish rejasini tayyorlab qoʻygan boʻlishi mumkin, ammo Xitoy hali ham aksilchoralar imkoniyatini koʻrib chiqmoqda hamda bu masalada alohida vazminlikni koʻrsatyapti. Ekspertning taʼkidlashicha, Xitoy hukumati XXRdagi Amerika kompaniyalariga qarshi hech qachon bunday tarzda harakat qilmagan.

 Pekin mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun samarali, ammo tajovuzkor boʻlmagan qarshi hujumlarni ishlab chiqishi va AQSh tomonining kelgusi hujumiga tayyorgarlik koʻrishi lozim, deya hisoblaydi Ven Yan. Shunga qaramay, ekspert Xitoy aksilchoralarga borishga tayyor ekaniga shubha bilan qaramoqda. Uning qoʻshimcha qilishicha, rasmiylar, katta ehtimol bilan, AQShning global yetakchiligiga eʼtiroz bildirmoqchi emaslar va “har doim sulh haqida kelishishga tayyorlar”, anʼanaviy strategik vazminlik amaliyotini davom ettiradilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.