Makron Frantsiyada favqulodda holat eʼlon qildi

839
0
Párizs, 2018. december 1. A dráguló üzemanyagárak ellen tiltakozó sárga láthatósági mellényt viselõ tüntetõk és rendõrök összecsapása a Diadalív elõtt párizsi Champs-Elysées sugárúton 2018. december 1-jén. MTI/AP/Thibault Camus

Makron Frantsiyada favqulodda holat eʼlon qildi

 Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, mamlakatda boʻlib oʻtayotgan “sariq nimchalar” norozilik namoyishlari tufayli favqulodda holat eʼlon qildi.

 Frantsiya prezidentining soʻzlariga koʻra, namoyishlar chogʻida amalga oshirilayotgan jinoyatlarni hech narsa oqlay olmaydi.

 “Biz hammasini koʻrayapmiz, aholi gʻazabidan foydalanmoqchi boʻlayotgan opportunistlarni ham, respublikani tebratib anarxiya tashkil qilmoqchi boʻlayotgan siyosatchilarni ham”, – dedi Makron.

 Makron fikricha, aksariyat frantsuzlarning gʻazabga kelishining asl sababi soliqlar emas, balki mavjud global muammolardir. Shuningdek, prezident aholi gʻazabini tushunishi mumkinligini, lekin shu bilan bir vaqtda, hech qanday gʻazab politsiya xodimlariga hujum qilish, savdo nuqtalari va binolarni buzish kabi jinoyatlarni oqlay olmasligini aytdi.

 “Bizning erkinligimiz – har bir kishi oʻz fikrini, boshqalar rozi boʻlmasligidan qoʻrqmagan holda, ifodalashi mumkinligidadir” , – dedi Makron.

 Frantsiya prezidenti Frantsiyani “munosib ishlab yashaydigan” joy sifatida koʻrishni istayotganini aytdi.

 “Men hukumat va parlamentdan  biz yaxshiroq yashashimiz uchun hamma kerakli ishni bajarishni soʻrayman. Yangi 2019 yil  boshidan eng kam ish haqi 100 yevroga oshiriladi”, – dedi Makron.

 Shuningdek, Frantsiya rahbari korxonalari oʻz odimlariga yillik bonuslar toʻlanishi, pensionerlarga eng 2000 yevro miqdorida majburiy sugʻurta puli toʻlanishini aytib oʻtdi.

 Eslatib oʻtamiz, noyabr oʻrtalaridan boshlab Frantsiyada “sariq nimchalar” keng koʻlamli  norozilik aktsiyalari boʻlib oʻtmoqda. Namoyishchilar dastlab benzin narxi oshishiga qarshi chiqishgan edi, keyin esa hukumat isteʼfosini talab qila boshlashdi. Ommviy namoyishlar politsiya xodimlariga hujumlar, magazin va bankomatlarga bosqinchilik, avtomobillarni yoqish va boshqa jinoyatlar bilan birga amalga oshirilmoqda. Huquqni saqlash organlari 4500 dan ortiq kishini qoʻlga olgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.