Putin ASEAN va Yevroosiyo Ittifoqini oʻzaro muloqotga chaqirdi

823
0

Putin ASEAN va Yevroosiyo Ittifoqini oʻzaro muloqotga chaqirdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ASEAN (Sharqiy Osiyo davlatlari xalqaro ittifoqi) va Yevroosiyo Ittifoqi oʻrtasida muloqot oʻrnatishga chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, Rossiya, Belarusiya, Armaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlarini oʻz ichiga olgan Yevroosiyo Ittifoqi bilan Filippin, Malayziya, Tailand, Indoneziya, Singapur, Bruney, Vьetnam, Laos, Mьyanma va Kambodja davlatlarini oʻz ichiga olgan ASEAN davlatlari oʻrtasida muntazam muloqot oʻrnatish har ikki tomon uchun ham muhim qadam hisoblanadi.

Singapurda tashkil qilingan “Rossiya-ASEAN” sammitida ishtirok etgan Putin Rossiya va ASEAN davlatlari oʻrtasidagi munosabatlar tezlik bilan rivojlanib borayotganligini yuksak baholadi.

“Moskva Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi bilan iqtisodiy va tijoriy munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratmoqda”, deya qayd etdi u.

Putinning maʼlum qilishicha, Rossiya va ASEAN davlatlari oʻrtasidagi tijorat hajmi oʻtgan yilning oʻrtalarida 35%dan, investitsiyalar hajmi esa 25 milliard dollardan oshgan.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti ASEAN davlatlarini kelgusi sentyabr oyida tashkil qilinishi rejalashtirilgan “Peterburg-2019 Xalqaro iqtisodiy forumi” faoliyatida ishtirok etishga chaqirdi.

Yevroosiyo ittifoqi siyosiy, iqtisodiy va tijoriy ittifoq boʻlib, Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonni oʻz ichiga oladi. Daʼvo qilinishicha, uning maqsadi barcha aʼzolari oʻrtasida iqtisodiy va tijoriy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan hamda Ittifoq shartnomalariga binoan barcha aʼzolarga oid mahsulotlar, xizmatlar, kapital va mehnat harakatlarining erkinligi taʼminlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.