AQSh kongressi delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi

744
0

AQSh kongressi delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi

 Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Toshkentda boʻlib oʻtgan tadbirda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishini muhokama qilishdi. Bu haqida Oʻzbekiston TIV matbuot xizmatiga iqtibosan “Sputnik” xabar qildi.

 Biroz oldin AQSh parlamentida “Oʻzbekiston boʻyicha kokus” tashkil qilingani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.  Bugun ushbu “kokus”ning hamraislari Trent Kelli va Vitsente Gonsaliz delegatsiya rahbarlari sifatida Oʻzbekistonga kelishdi. Delegatsiya tarkibidan shuningdek Vakillar palatasi muhim qoʻmitalarining respublikachi va demokrat aʼzolari oʻrin olgan.

 Kokus bu – partiya aʼzolarining yigʻilishi. Oʻzbekiston-Amerika munosatlari tarixidagi ilk bor “Oʻzbekiston boʻylab kokus” joriy yilning avgust oyida vakillar partiyasida qayd qilingan edi. Yiliga ikki marta majlis oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Birinchi uchrashuv 2019 yil yanvarь oyi boshida boʻlib oʻtadi.

“Uchrashuvda oʻzbekistonlik va amerikalik parlamentariylar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish, Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi izchil rivojlanayotgan hamkorlikning ijobiy jarayonlarni qonuniy mustahkamlash istiqbollari koʻrib chiqildi”, – deyilgan xabarda.

 Maʼlumki, 15-17 may kunlari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShda rasmiy tashrif doirasida boʻlgan edi. Mirziyoyev, xususan, prezident Donalьd Tramp bilan uchrashgan edi. Ikki davlat rahbarlari qoʻshma bayonot, taʼlim va madaniyat sohasida bayonnoma imzolashgan hamda muhim masalalarni muhokama qilishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.