Saudiya AQSh hisobiga 100 million dollar oʻtkazdi

1017
0
Saudi Arabia's King Salman bin Abdulaziz Al Saud meets with U.S. Secretary of State Mike Pompeo in Riyadh, Saudi Arabia, October 16, 2018. REUTERS/Leah Millis/Pool

Saudiya AQSh hisobiga 100 million dollar oʻtkazdi

Jamol Koshikchi masalasini muhokama qilish uchun Saudiya Arabistoniga borgan AQSh tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeo, atigi 15 daqiqa suhbatdan soʻng Saudiyadan YPG (Suriya demokratik kuchlari) uchun 100 million dollar undirdi.

Maʼlumki, Saudiyaning Turkiyadagi konsulligiga kirib qaytib chiqmagan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining taqdiri dunyoning dalzarb mavzusiga aylantirilmoqda. Qoshiqchi masalasida turli reaktsiyalar tufayli qiyin ahvolda qolgan Saudiya hukumati, AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ayni masalani muhokama qilish uchun Riyozga kelganida YPG/PKK terrorchi tashkiloti uchun AQShga 100 million dollar berdi.

Nьyu York Taymes gazetasining xabariga koʻra, Riyoz maʼmuriyati Suriyada IShIDdan tortib olingan mintaqalar uchun berishni vaʼda qilgan 100 million dollarlik yordamni AQSh hukumatiga oid hisob raqamlarga yotqizgan.

Tramp maʼmuriyati mazkur moliyaviy koʻmakni uzoq vaqtdan buyon talab qilib kelayotgan boʻlsada, biroq, Saudiyaning bu mablagʻni AQShga topshirishi aynan jurnalist Jamol Qoshiqchining Istanbuldagi Saudiya Konsulligida yoʻqolib qolshiga doir Pompeoning safariga toʻgʻri kelishi diqqatga sazovordir.

“Bu aniq tasodif emas” deydi Suriya siyosatiga rahbarlik qilgan, ammo nomini oshkor qilishni istamagan AQSh masʼuli Nyu-York Tayms gazetasiga bergan intervьyusida.

Riyoz bundan avval ham 100 million dollar beran edi. Saudiya Arabistoni davlat vaziri Samir al-Shabxon 2017 yilning oktyabr oyida AQShlik rasmiylar bilan YPG/PKK egallab olgan Raqqa shahrining Ayn-Isa mintaqasi va ayrim qishloqlariga tashrif buyurgan edi. Tashrifdan keyin Riyoz maʼmuriyati AQSh va YPG/PKK hujumlarida deyarli butunlay yoʻq qilingan Raqqani qayta qurish uchun 100 million dollar yordam koʻrsatgan edi.

Pompeoning Saudiya safari ortidan AQSh prezidenti Donald Tramp televizion kanallarning birida Qoshiqchi masalasiga doir savolga javob berar ekan, Saudiya Arabistonidan uzoqlashish niyati yoʻqligini bildirdi.

Trampning taʼkidlashicha, terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda AQShning Saudiya Arabistoniga ehtiyoji bor.

“Saudiya Arabistoni bizning Yaqin Sharqdagi muhim ittifoqdoshimiz boʻlib qoladi”, dedi Tramp.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.