Qirgʻizistonda majburiy emlash (privivka) qonuni muhokama qilinmoqda
Qirgʻizistonda majburiy emlash toʻgʻrisida qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqida Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vazirligi va milliy emlash markazining direktori Gulbar Ishenapisova tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi. Ishenapisovaning taʼkidlashicha, hozirda mamlakatda majburiy emlash boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash ustida ish olib borilmoqda.
“Hozirda Sogʻliqni saqlash vazirligi birinchi oʻrinda qonuniy jihatdan majburiy emlash masalasini muhokama qilmoqda”, dedi Gulbar Ishenapisova oʻz bayonotida.
Ishenapisova 2019 yilda mazkur masala boʻyicha qonun loyihasini sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etishni rejalashtirayotganini bildirar ekan, “Biz majburiy emlashni boshlashga 2018 yilda qaror qildik” dedi. Uning daʼvosiga koʻra, mamlakatda joriy yilning yanvar oyidan sentyabr oyigacha qizamiq kasalligi boʻyicha 429 holat qayd etilgan. Kasallikni yuqtirgan kishilarning 45 foizi emlanmagan.
Shuningdek, emlash markazining direktori Qirgʻizistonda emlashga qarshi chiqish qizamiq kasalligining soni oshganiga sabab boʻlayotganligiga urgʻu berdi. Uning taʼkidlashicha, imminutet zayifligini oldini olish qonuniga kiritilgan oʻzgarishlarga binoan, emlashni rad egan kishi javobgar boʻladi, xususan bemor yosh bola boʻlganda javobgarlik emlashdan bosh tortgan ota-onalarning zimmasiga yuklatiladi.
Turkiston:
Kapitalizm tuzumi moddiy manfaat asosiga qurilgan. Hozir olamiy boshqaruv sistemasi kapitalistik tuzumga asoslanganligi bois, meditsina tarmogʻi ham moddiy manfaat asosida olib boriladi. Olamda, iqtisodiy manfaat keltiruvchi tarmoqlarning eng oldingi saflaridan oʻrin olgan farmatsevtika (dori tayorlash) tarmogʻi hozirgi kunda insoniyatda uchragan kasalliklardan ham oldinga oʻtib ketdi. Yaʼni, qimmatbaho dorilar ishlab chiqilyapti, lekin u dorilar savdosi oʻsha kasallikka chalingan odamlar soniga bogʻliq. Odamlar esa, ishlab chiqarilayotgan dori va boshqa meditsina uskunalari miqdoriga yarasha kasal boʻla olishmayapti!
Majburiy emlash (privivka)ni asosan uchinchi davlat fuqorolari uchun kiritishyapti. Emlashni qonuniylashtirish uchun xalqaro tashkilotlar hukumatlarga atayin bosim oʻtkazishadi. Farmatsevtika sohasi egalari esa, hokimiyatdagi qonun chiqarish mexanizmi vakillarini moddiy va moliyaviy pora berib, sotib olishadi. Gʻarbning farmatsevtik kompaniyalari hatto meditsina tarmogʻini ham manapoliya qilib olishgan. Vrachlar oʻz retseptida oʻsha kompaniyaga oid dori va uskunalarni yozib yuborishayotgani uchun ularga maxsus rasmiy va norasmiy mukofotlar berib borishadi. Ular Qirgʻiziston meditsina sistemasi asosini izdan chiqarib, uni moddiy manfaat olib keluvchi moliyaviy tarmoqqa aylantirib olishdi.
Mazkur kompaniyalar xalqaro tashkilotlar orqali davlatlarga taʼsir koʻrsatishi orqali, atayin majburiy emlash siyosati olib borishmoqda. Bu siyosat ortida hech qanday olamiy epidemiyalik xavf xatarlar yotgani yoʻq. Balki majburiy emlash bolalarning tabiiy immuna sistemasini izdan chiqarib, organizmini kapitalistlar chiqarayotgan dori va uskunalarga muhtojligini oshiradi. Bu haqida yuzlagan Gʻarb professor olimlari jar solib kelishayotganiga hech qanday eʼtibor berilmayapti. Qirgʻiz yetakchilari ham, mamlakatda emlash vositalarini tekshirish uchun maxsus labarotoriyalari yoʻq boʻlishiga qaramay, bu preparatlarning hatto shubhali ekaniga ham eʼtibor berishmayapti. Ular xalqaro tashkilotlardan qoʻrqib, moddiy manfaat ilinjida oʻz xalqining farzandlari hayotini xavf ostiga qoʻymoqda va ularni kapitalistik kufr sistemasi qoʻliga topshirib qoʻyishyapti!!!
Biz, yaʼni Qirgʻiziston xalqi oʻz xavfsizligimizni va farzandlarimiz hayotini oʻzimiz himoya qilmasak, yetakchi guruh bizni oʻylamaydi. Ular oʻta buzuq siyosiy doira vakillari boʻlib, xalqaro siyosat manqurtlariga aylanib boʻlishgan! Farzandlarimiz bizning kelajak avlodlarimizdir! Ularni kufr olamining global buzuqi siyosatidan saqlab qolaylik!!!