Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi
Xitoy fuqarolarining Qirg‘izistonga kirishi uchun 21 kunlik vizasiz rejim joriy etildi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Edil Baysalov “Butun Xitoy ayollari federatsiyasining raisi Shen Yueyue bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.
Berilgan ma’lumotga ko‘ra, Xitoyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar dolzarb masalalarni, jumladan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
Mintaqadagi Xitoy ta’sirining kuchayishi musulmonlar uchun xavfli ekanligini unutmasligimiz kerak. Ayrim infratuzilmaning yaxshilanishi va strategik loyihalarning amalga osha boshlashi bizni aldab qo‘ymasligi lozim. Chunki bu loyihalar Xitoyga qaramligimizni yana-da kuchaytiradi. Bundan tashqari, Xitoydan olingan qarz va kreditlar yana qaytarib Xitoy kompaniyalariga topshirilmoqda. Buni Bishkek GESini ta’mirlagan, yo‘l qurgan kompaniyalar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Qirg‘iziston hukumatining Rossiya changalidan qutulish maqsadida Xitoyga yon bosishi “yomg‘irdan qochib, dovulga tutilish” kabi harakatdan boshqa narsa emas. Bu esa, davlat kelajagi va musulmon xalqning e’tiqodiga jiddiy tahdiddir. Biroq rasmiy hukumat Xitoydan olayotgan grant va kreditlar evaziga davlat eshiklarini xitoyliklarga lang ochib qo‘ymoqda. Hozirgi kunda Sharqiy Turkistondagi musulmon birodarlarimizning boshiga tushgan zulmlar ko‘pchilik uchun ertakdek tuyuladi. Haqiqatda esa, bosqinchi Xitoy faol ravishda yurtimizga kirib kelmoqda. Uning Qirg‘izistondagi “Xavfsiz shahar” loyihasi yoki maxsus shartnoma asosida o‘rnatayotgan kameralar hech qanday yo‘l harakati xavfsizligi yoki fuqarolar xavfsizligi uchun kiritilgan emas. Balki, Xitoy bizdagi ma’lumotlarni olib chiqib ketishi uchun ushbu loyihalar unga keng yo‘l ochib bermoqda.
Agar Qirg‘iziston Xitoyning saqofiy mustamlakasiga aylansa, musulmon uyg‘urlarni aroq ichishga majburlab, ramazon oyida ularga cho‘chqa go‘shti yedirayotgan va millionlab begunoh musulmonlarni noqonuniy ravishda maxsus lagerlarga qamab, aksariyatini yo‘q qilgan Xitoy siyosati bu mintaqada ham joriy etilmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Zero, Xitoy Sharqiy Turkistonda repressiya boshlashdan avval o‘nlab yillar davomida fuqarolarni saqofiy mustamlaka qilish bilan shug‘ullandi. Shunday ekan, biz musulmonlar Ummat manfaatlariga zid bo‘lgan bunday kelishuvlarga va dinsiz Xitoyning mintaqadagi bosqinchilik siyosatiga qarshi turishimiz zarurdir!
Mumtoz Mavarounnahriy