AQSh davlat kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Oʻzbekistonga keladi

812
0

AQSh davlat kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Oʻzbekistonga keladi

 AQShning Afgʻonistonda milliy yarashuv jarayoni boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad 2-20 dekabrь kunlari bir necha davlatlarga, jumladan, Oʻzbekistonga ham tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda AQSh davlat departamenti.

 “Afgʻonistonda milliy yarashuv jarayoni boʻyicha maxsus vakili elchi Zalmay Xalilzad Pokiston, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Belьgiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarga idoralararo delegatsiya bilan 2-20 dekabr kunlari tashrif buyuradi”, – deyilgan xabarda.

 Toshkentga tashrifning aniq sanasi aytilmagan, ammo Xalilzad safar davomida Afgʻoniston hukumati vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun uchrashadi.

 28 nobyar kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri  Abdulaziz Kamilov Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiyada ishtirok etgan edi.

 Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalasi Oʻzbekiston tashqi siyosatining faol yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bunday boʻlishiga qator ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jiddiy sabablar mavjud. Toshkentda oxirgi yil davomida Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga bagʻishlangan bir necha xalqaro anjumanlar boʻlib oʻtdi. Ulardan eng muhimlaridan biri – noyabr oyida Afgʻoniston tinchlik oʻrnatish boʻyicha Afgʻoniston, Pokiston va Oʻzbekiston ishtirokida uch tomonlama komissiyaning tuzilishi boʻldi. Xalqaro ekspertlar fikriga koʻra ushbu komissiya Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishda muhim rol oʻynashi kerak.

Turkiston:

Afgʻoniston masalasi Rossiya bilan AQSh oʻrtalaridagi asosiy strotegik nuqta boʻlib qoldi. Chunki Rossiya va AQSh davlatlari Markaziy osiyodagi manfaatlarni qoʻlga kiritishi  yoki oʻz taʼsiri ostida ushlab qolishi uchun Afgʻoniston muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston esa, ikki yirik xalqaro siyosat oʻyinchilari boʻlgan davlatlar taʼsiri oʻrtasida qoldi. U oʻzining giosiyosiy oʻrniga koʻra Oʻrta osiyo markazida joylashgan boʻlib, mintaqaning asosiy strotegik yoʻnalishiga taʼsir koʻrsata oladigan, tabiiy resurslarga boy davlatdir. AQSh, Rossiya va Xitoy oʻrtasida borayotgan xalqaro siyosatdagi giosiyosiy kelishmovchiliklar, Markaziy osiyo mintaqasida kuchli davom etishi kutilyapti.  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.