Dushanbeda MDH davlat rahbarlari kengashining majlisi boʻlib oʻtadi

413
0

Dushanbeda MDH davlat rahbarlari kengashining majlisi boʻlib oʻtadi

 2018 yil 27-28 sentyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.

 Sammit kun tartibidan turli sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning joriy holati va istiqbollariga doir keng koʻlamli masalalar oʻrin olgan.

 Shuningdek, davlat rahbarlari 2019 yilda MDHga raislik qiladigan davlatni, MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini oʻtkazish joyi va muddatini belgilash masalasini koʻrib chiqadi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashadi.

 Majlis yakunida qator hujjatlar, jumladan, MDHga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlarining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash boʻyicha asosiy tadbirlar rejasi, 2019-2023 yillarga moʻljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikdagi saʼy-harakatlar davlatlararo dasturi, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.