AQSh Rossiyaning 12 ta kompaniyasiga nisbatan sanktsiyalar kiritadi

382
0

AQSh Rossiyaning 12 ta kompaniyasiga nisbatan sanktsiyalar kiritadi

 AQSh savdo vazirligi 12 ta Rossiya kompaniyasiga nisbatan sanktsiyalar kiritishga qaror qildi, deb yozadi “Dojdь”. Tegishli hujjat Federal reyestr saytida eʼlon qilindi.

 Cheklovlar “Aerokompozit”, “Dayvtexnoservis”, “Gamma” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi, “Vektor” ITI, “Nilco Group”, “Sayrus Sistems”, “Vega” ITI kabi kompaniyalarga tegishli boʻladi. Ularning barchasi Entity list roʻyxatiga kiritiladi va ularga nisbatan qoʻsh maqsadli Amerika mahsulotlari eksportini rad etish prezumptsiyasi amal qilishni boshlaydi.

 Hujjatda aytilishicha, ushbu kompaniyalar AQSh milliy xavfsizligiga tahdid soladi va uning tashqi siyosiy manfaatlariga zid tushadi. Nilco Group Eron raketa dasturiga moddiy koʻmak berishi, “Vektor”, “Gamma”, “Sayrus Sistems” kompaniyalari esa kiberhujumlarga aloqadorligi tufayli sanktsiyalarga duchor boʻldi.

 Hujjat 26 sentyabr kuni rasman eʼlon qilinadi va kuchga kiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.