Toshkentda S5+1 ishchi guruhi uchrashuvi oʻtkaziladi

872
0

Toshkentda S5+1 ishchi guruhi uchrashuvi oʻtkaziladi

 Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2018 yilning 23 iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo davlatlari – AQSh” (C5+1) hamkorlik formatidagi Xavfsizlik boʻyicha ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va AQSh vakillari mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va tajovuzkor ekstremizmga qarshi turishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

Turkiston: 

25 iyul kuni AQShning Voshington shahrida “yangi asrda Oʻzbekistonda diniy erkinlik” mavzusi ostida oʻtgan forumda, Avgʻoniston orqali olib oʻtiladigan 650 km temir yoʻlning Avgʻoniston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ulkan ahamiyati muhokama qilindi. 23 iyulda Toshkentda boʻlib oʻtgan, S5+1 formati asosida olib borilgan anjumanda ham, mavzularning yoʻnalishi asosan kufr bilan diniy muhit oʻrtasidagi aloqalarni moʻʼtadillashtirish asosiga qurildi. 

AQSh Avgʻonistonga urush ochishdan koʻzlagan asosiy maqsadlaridan biri, Markaziy Osiyo davlatlarining neft va boshqa zaxiralarini Avgʻoniston orqali Osiyo va Yevropa bozorlariga olib chiqish uchun imkoniyatlar paydo qilish edi. Lekin AQSh Avgʻonistonda musulmonlardan magʻlub boʻlib, maqsadiga erisha olmadi. Endi u boshqa, ayyorlik yoʻli bilan, oʻz manfaatini Tolibon orqali hal qilib olmoqchi boʻlyapti. Buning uchun u Tolibon va uning nazorati ostida boʻlgan hududlarni tan olib, bu hududdan foydalangani uchun Tolibonni moddiy ragʻbatlantirib turishga vaʼda beradi. Inglizlar Amerikani huddi shu yoʻl bilan Hindulardan tortib olgan edi. Yaʼni AQSh Tolibon va boshqa islomiy jamoalarga ishonmaydi, shuning uchun oʻzining strotegik ahamiyatga ega temir yoʻl oʻtgan hududlarni oʻzi himoya qilishi kerak ekanini shart qilib qoʻyadi. Bu shart unga shu mintaqa infrastrukturasini oʻz qoʻliga olishini va vaqtlar oʻtishi bilan butun mintaqani oʻz taʼsiri ostiga olib, fuqorolarni islomiy yoʻnalishlarga (Tolibon hukmlariga) qarshi yoʻnaltira olish imkonini beradi.

Avgʻonistonning ichki infrastrukturasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi juda katta. Shuning uchun AQSh Toliblar bilan muzokaralar olib borishda aynan Oʻzbekistondan koʻprik sifatida foydalanmoqchi. Buning uchun Oʻzbekiston davlatining din va diniy erkinliklarga boʻlgan munosabatini oʻzgartirish kerak. Negaki Tolibon Oʻzbek davlati bilan shartnoma tuzayotib noqulay ahvolda qolmasin! Hech boʻlmasa dunyo hamjamiyati oldida diniy qalbaki muhit boʻlsa ham koʻrinib tursin. Aks holda Tolibon Oʻzbekiston bilan hamkorlik qila olmaydi.

Xulosa qilib aytganda, AQSh Markaziy Osiyoni Avgʻoniston orqali olamiy bozorlarga olib chiqish bilan, ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaatlarni qoʻlga kiritmoqchi. Bu loiha amalga oshsa, AQSh butun mintaqani Rossiyaning iqtisodiy taʼsiri ostidan olib chiqa oladi. Chunki bu butun olamga aynan faqat Rossiya orqali chiqish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar uchun alternativ yoʻl boʻlib, Markaziy Osiyoni Rossiya va Xitoyning iqtisodiy mustamlakasi ostidan chiqarib yuborishi mumkin boʻlgan loihadir. Yaʼni bu loiha AQSh uchun ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaat olib kelishi mumkin boʻlgan muhim loihalardan hisoblanadi. Lekin Rossiya ham buni anglab turibdi. Demak u ham mintaqada navbatdagi biror fitna uyushtirish haqida oʻylaydi.  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.