Tojikiston va Rossiyaning mushtarak harbiy mashgʻuloti “terrorist”larni bartaraf qilish bilan yakunlandi.

1138
0

Tojikiston va Rossiyaning mushtarak harbiy mashgʻuloti “terrorist”larni bartaraf qilish bilan yakunlandi.

Sputnik tarqatgan xabarga koʻra, Tojikistonning Sharqiy Pomir togʻli hududida Rossiya va  Tojikiston Qurolli kuchlari bir hafta davomida mushtarak harbiy mashgʻulot oʻtkazishdi.

Xabarida aytilishicha, Tojikiston hududiga kirgan shartli terroristik guruhlarni bartaraf qilish amaliyoti (Afgʻoniston bilan chegaradosh) Xorugʻ mintaqaviy garnizonining  “Jelondiy” poligonida ikki davlat harbiylari ishtirokida amalga oshirildi.

Rossiyaning Tojikistondagi 201 harbiy bazasi (RVB) aholiy punktlarida yashirinib olgan “terroristlar” ga qarata hujum qilib, qisqa muddat mobaynida ularni bartaraf qilishdi.

“Mashgʻulotning yakuniy qismida Rossiya va Tojikiston harbiylari togʻli hududlarda terroristlar payiga tushib, Rossiya Su-25 oʻq otar quroli bilan havodan zarba berdi va  natijada shartli teroristlar, yaʼni “noqonuniy harbiy guruhlarni” bartaraf etish amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi”, deyiladi xabarda.

Harbiy mashgʻulotda 201 harbiy baza tomonidan 400 xizmatchi (80dan ortiq harbiy texnika bilan) va Tojikiston tomonidan 700 nafar harbiy xizmatchi 40 nafar harbiy texnika bilan  qatnashdi. Harbiy mashgʻulot jarayoniga 10 ming atrofida tojik ofitserlar va zaxiradagi askarlar ishtirok etishdi.

Turkiston:

Tojik hukumati boshqa Oʻrta Osiyo davlati rahbarlari qatori Rossiyaning sodiq xizmatchisiga aylanib boʻlgan. Shunday boʻlishi tabiiy, zero Emomaliy Rahmon yaqin chorak asr mobaynida toju taxtga mustahkam oʻrnashib olgan, atrofidagilar ham – toʻngʻich qizi, kuyov bolasi va amakivachchalardan boshlab barcha-barchalari yuqori lavozimlarga ega boʻlishgan. Agar bir rishta uzilsa, butun avlod mansab martabasi parchalanishi aniq boʻlgan hol. Shu jihatdan baho beradigan boʻlsak, agar Emomaliy Rahmon mustamlaka davlatlar ishlariga rozi boʻlmasa, zarba faqat ungagina emas, butun bir sulolaga tegishi mumkin.

Hozircha Rossiyaning “Tolibon xavfi”dan boshqa bir joʻyali bahonasi yuk. Chunki Tojik hukumatining tizgini faqat ruslarning qoʻlida emas. Tojikistoning hozirga holatini rus  yozuvchisi Krыlovning “Gʻoz, choʻrtanbaliq va qisqichbaqa” masaliga qiyoslash mumkin. Bir tarafdan Amerika (Evropa) tojik hukumatini bir yoʻnalishga majburlasa, ikkinchi tomondan Xitoy va uchinchi tomondan esa Rossiya boshqa-boshqa tarafga tortmoqda. Shunga koʻra Rossiya Tojikistonda oʻz nufuzini saqlab qolishi uchun qilgan sayʼ-harakatlari kutilgan natijani berishi amri mahol. Shu bois Rossiya qalbaki vahimadan nariga oʻtolmaydi, zero Tojikistonning ziyoli qatlami, xossatan jurnalistlar allaqachon AKSh taʼsiri ostida qolgan va tojik matbuoti Rossiya tomonidan tarqatilishi kutilayotgan Tolibon va IShID vahimasiga hissa qoʻshishi ehtimoldan uzoq. Qolaversa, buning yolgʻon ekanligini kun ora Ozodlik radiosi takrorlab kelyapti. Musulmonlar orasida ham nizo  chiqara olmaydi, chunki muxolafat rahbarlari xorijiy yurtlarga turib xalqni norozilik namoishlariga targʻib qilayotgan boʻlsa-da, mamlakatda diktatorlik rejimi ustun boʻlgani sabab, bu davʼatlar bir natija bermaydi. Chunki xalq  norozilik namoyishiga jurʼat kilolmaydi. Aholi ijtimoiy tarmoq vositasida eʼtiroz bildirishdan nariga oʻtmayapti. Zero mamlakat ichkarisida unga qarshi chiqqan shaxslarga, hatto ahli oilasiga nisbatan  qattiq jazolar qoʻllaniladi.

Munavvara.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.