Falastinda keskinlik kuchaymoqda

441
0

Falastinda keskinlik kuchaymoqda

Isroil qamali ostidagi Gʻazoda oʻtkazilayotgan norozilik yurishida musulmonlar bilan yahud askarlari oʻrtasida yuzaga kelgan keskinlik kuchayib bormoqda. Yahud askarlari oʻz odatlariga binoan qurolsiz namoyishchilarga qarata oʻt ochishi natijasida oʻnlab namoyishchilar voqea joyida halok boʻldi.

Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi 16 nafar falastinlik halok boʻlganini va mingdan ortiq shaxs yaralanganini maʼlum qildi. Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, kamida 200 kishi yahud askarlarining oʻqlariga nishon boʻlgan.

Isroil Mudofaa Vaziri Avigdor Liyeberman yahud askarlarining qotilligini maqtov bilan tilga oldi. Unga koʻra, qurolsiz aholiga oʻq uzgan askarlarga medal taqish kerak.

 “Askarlarimiz toʻgʻri ish qilishdi. Menimcha barcha askarlarimiz medalga loyiqdir” dedi Liberman armiya radiosi orqali bergan bayonotida.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan esa bu gal ham yahud vujudining bosh vaziri Binyamin Netanyahuga ochiq murojaat yoʻllab, ularni terrorchilikda aybladi.

“Ey Netanyahu siz terrorchi davlatsiz. Mazlum falastinliklarga qilgan zulmingiz tarixning bir qismi boʻlib qoladi va biz hech qachon buni unutmaymiz. (Isroil) xalqi siz qilayotgan ishingizdan norozi”, dedi Erdogʻan.

Ikki kun avval Istanbulning Umraniya tumanida nutq soʻzlagan Erdogʻan Falastindagi zulmlarga toʻxtalib, “Falastinlik birodarlarimizning huquqarini oxirigacha himoya qilamiz va (Isroil) terrorini har doim va har yerda fosh qilishda davom etamiz”, degan edi.

Turkiston:

Erdogʻan (baraka topsin) har doimgidek baqir-chaqir qilib yahud vujudini tanqid qildi. Ammo bu tanqidlarning natijasi qachon roʻyobga chiqadi, buyogʻi nomaʼlum. Masalan, Erdogʻan “terrorchi davlat” deya jar solayotgan yahud vujudining elchixonasi Anqarada ochiq faoliyat yuritmoqda. Terrorga qarshi urush eʼlon qilgan Turkiyaning qoq markazida terrorchi davlat elchixonasining bemalol ish yuritishini sizningcha qanday izohlash mumkin?!

Bundan tashqari xalqaro aloqalar va Yaqin Sharq  boʻyicha turkiyalik mutaxassis Sedat Lachinerning taʼkidlashicha, Erdogʻan rahbarligidagi “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi hokimiyat tepasiga kelgandan buyon Turkiya bilan yahud vujudi oʻrtasidagi harbiy va tijoriy aloqalar koʻlami bir necha barobarga oshib ketgan. Mutaxassisga koʻra 2002 yilda, yaʼni Erdugʻon hokimiyatni qoʻlga olgan yilda Isroil-Turkiya oʻrtasidagi tijoriy aloqalar hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil qilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2013 yilda qariyib 5 milliard dollarga yetgan. Hozir ham Turkiya bilan yahud vujudi oʻrtasidagi harbiy va tijoriy aloqalar jadal suratda davom etmoqda.

Gohida Turkiya bilan yahud vujudi oʻrtasida boʻlib oʻtgan maxfiy uchrashuvlar matbuotga sizib chiqqani kuzatiladi. Shunday uchrashuvlardan birini fotojurnalistlar  huzurida tasdiqlashga majbur boʻlgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli “Hech uchrashmasdan, qanday qilib aloqalarni davom ettirish mumkin?”, degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.