Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari Anqarada uchrashadi

389
0

Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari Anqarada uchrashadi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Toyyib Rajab Erdoʻgʻon taklifiga binoan ikki kunlik tashrif bilan Anqaraga keldi. Bu haqida RIA Novosti xabariga qilmoqda.

 Bu Rossiya  prezidentining saylovda qozongan gʻalabasidan soʻng amalga oshirgan ilk tashrifi boʻldi.

 Tashrif boshida Vladimir Putin Rossiya bilan hamkorlikda qurilayotgan “Akkuyu” atom elektr stantsiyasi qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan videokonferentsiyadan boshlandi. Ikki mamlakat rahbarlari birgalikda stantsiyaning birinchi energobloki poydevoriga beton quyishni boshlashga buyuruq berishadi.

 Undan soʻng Putin va Erdoʻgʻonning tor doiradagi muzokaralari va ikki mamlakat Oliy darajadagi hamkorlik kengashining majlisi boʻlib oʻtadi. Ushbu ikki tadbirdan soʻng Turkiya va Rossiya orasida bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

 Chorshanba kuni Anqarada Rossiya, Turkiya va Eron davlatlari rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Ushbu uch mamlakat, Suriyada tinchlik oʻrnatishga bagʻishlangan Ostona anjumani aʼzolari boʻlib,  tinchlik oʻrnatishga kafolat boʻlishni oʻz zimmalariga olishgan.

  Tashrif doirasida Rossiya va Turkiya rahbarlari birgalikda matbuot anjumani oʻtkazishni ham rejalashtirishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.