Ushbu koronavirus zamonidan keyin dunyoga strategik jihatdan nazar solish

475
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ushbu koronavirus zamonidan keyin dunyoga strategik jihatdan nazar solish

Ustoz Valid Hijoziy qalamiga mansub

Tibbiy-ilmiy jihatdan nazar solish:

Bu – vaktsinasi bo‘lmagan qattol virus bo‘lib, dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. Bu virus dori va vaktsinasiz blokada qilib bo‘lmaydigan rivojlangan virusdir. U haqdagi ba’zi ma’lumotlar o‘zgardi, ko‘pchilik shifokor va olimlarning u haqdagi fikri bir-birlariga zid kelmoqda. Misol uchun, bolalarning bu kasallikka chalinmasligi aytilgandi, aksi bo‘lyapti, bolalar ham chalinyapti, yoshlar ham vafot etyapti. Kasallik boshlanganda uning bir qancha simptomlari ko‘ringan edi, ikki oydan so‘ng yana boshqa simptomlari paydo bo‘lgani aytilmoqda. Shunga binoan, bu kasalliikka, ayniqsa kichik yoshdagilar ham, keksalar ham chalinayotgan ekan, uni davolab, muolaja qilib bo‘lmayapti. Shuning uchun, shaxsiy immunitetni, so‘ng kollektiv immunitetni paydo qilish siyosatiga rozi bo‘lishdan o‘zga chora yo‘q. Tibbiy-ilmiy nazar mana shu.

Iqtisodiy jihatdan nazar solish:

Agar ahvol shunday ketaversa hamda koronavirusga qarshi ko‘rilayotgan choralar ushbu maqolani yozayotgan vaqtga qadar (2020 yil 1 aprelga qadar) shu tarzda qo‘llanilaversa, masalan, aeroportlar va quruqlik va suv yo‘llarini yopish kabi, u holda, xoh birjada bo‘lsin, xoh raqamli iqtisodiyot va hissalarda bo‘lsin, butun dunyo guvoh bo‘layotganimiz bu iqtisodiy tanazzuldan ham ayanchli ahvolga yuz tutadi. Turizm va mehmonxonalar sektoriga kelsak, u deyarli yopiq qoladi va qulab tushadi. Chunki ishga tushirish xarajati yanada yuqori bo‘ladi. Biz global neftь bahosi qanchalar tushib ketganini ko‘ryapmiz, axir, bir barreli 20 dollardan ham pastlab ketdi. Qancha-qancha ishchi va mulozimlar ishdan bo‘shatildi… Hozirda ularning soni 5 million bilan 20 million o‘rtasiga etishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Shuning uchun davlatlar «avvalo davlat manfaati» nomi ostida xalqaro himoya tomon harakat qiladilar. Bu esa, o‘z navbatida, dunyo davlatlarining o‘zaro kurashishlariga va dunyoda doim bo‘lib turadigan muammolarni hal etishda hamkorlik qilmay qo‘yishlariga olib keladi… Keyin dunyo yana milliy vatanparvarlik va mahalliy davlat zamoniga qaytadi, yana kurashlar avj olib, uchinchi jahon urushi kelib chiqadi… bu degani yana 70 million inson nobud bo‘ladi, demakdir. Chunki ikkinchi jahon urushida o‘shancha inson o‘lgan va bu urush 1929 yildagi Buyuk depressiya oqibatida kelib chiqqan.

Shunga binoan aytish mumkinki, dunyoga hukmronlik qilayotgan AQShning «avvalo Amerika», degan siyosati dunyoning boshqa davlatlari bilan to‘qnashishni, harbiy to‘qnashuv uchun qurollanish poygasini oshirishni anglatadi. Chunki bugun davlatlararo kurash va iqtisodiy mojaro mavjud, mavjud bo‘lib ham avjiga chiqib bormoqda. Masalan, AQSh, Xitoy va Evropa Ittifoqi kabi davlatlar o‘rtasidagi kabi. Kuni kecha Saudiya bilan Rossiya o‘rtasida neftь narxlari ustida mojaro boshlandi.

Shuning uchun butun dunyo global olovli nizolarning barham berilishiga, ya’ni, jahon bo‘ylab adolat o‘rnatadigan bir davlatga juda-juda muhtoj bo‘lib qoldi… Butun dunyoga o‘z manfaati yo‘lida zo‘ravonlik qilib, dunyo boyliklarini talamaydigan, xalqlarni qul qilib, o‘zlarining farovon hayot kechirish huquqlarini talab qilganlarni qirg‘in qilmaydigan davlat kerak bo‘lmoqda.

Demografik jihatdan nazar solish:

Demografiya bu aholini o‘rganishni, aholi xususiyatlari to‘plamini tadqiq etishni anglatadi. Ya’ni, unda aholining miqdoriy xususiyatlari, shu jumladan, uning zichligi, tarqalishi, o‘sishi, hajmi va tarkibini o‘rganiladi. Shuningdek, aholining sifat xususiyatlari, ijtimoiy omillari: ya’ni, rivojlanishi, ta’limi, oziq-ovqati va boyliklari ham demografiya jumlasiga kiradi. Demografiyaga – daromad, tug‘ilish, o‘lim hamda insoniy o‘zgarishlarni aniqlashtirishga hissa qo‘shuvchi boshqa holatlarni o‘z ichiga olgan statistika, deb ta’rif berilgan. Buning ma’nosi, demografiyaning har bir tarkibiy qismlari to‘liq yoki qisman, ko‘proq to‘liq ravishda o‘zgaradi, demakdir. Biz bunga misollar keltiramiz. Masalan, rivojlanish, ta’lim va oziq-ovqat:

Rivojlanishning har bir shakli, jumladan, insoniyatning rivojlanishi, iqtisodiyot rivojlanishi, madaniyat rivojlanishi kabi barchasi o‘zgaradi. Insoniyatning rivojlanishiga misol qiladigan bo‘lsak, o‘zaro uzoqlashish va yuqumli kasallikdan qo‘rqish, degan narsa insoniyat o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi. Shuningdek, insoniyatning rivojlanishiga G‘arb madaniyati, ayniqsa, G‘arbdagi ilmoniy kapitalizm madaniyati natijasida salbiy ta’sir etadi, chunki unda tug‘ilish nisbati, hatto nikoh qurish nisbati ham zaif bo‘lib, uning o‘rnini hamrohlik egalladi va nihoyat Evropa qari qit’a nomini oldi. Koronavirus kasalligidan saqlanish uchun er-xotinlik va er-xotinlik bo‘lmagan munosabatlarda o‘zaro uzoqlashishni asos qilindi.

Iqtisodiy rivojlanishga kelsak, bu shundoq ham hammaga ayon bo‘lib turibdi… Axir, ishchilar o‘rtasidagi yaqin munosabatlardan qochish va ehtiyot bo‘lish oqibati ertaga nimaga olib borishi mumkin?! Biz tovar va xizmatlar etarli bo‘lishiga qaramay, virus tarqalishi ularning narxiga qanchalar ta’sir qilganini ko‘ryapmiz. Bundan tashqari, virus sababli hamda dezinfektsiya, tovarlarning ishlab chiqarilishi va etkazib berilishidagi kechikishlar sababli qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqdi, bundan keyin ham unga qarshi kurashda favqulodda boshqa yondashuvlar ham kelib chiqishi mumkin bo‘lib qoldi.

Ta’lim, madaniyat, sport va shular bilan bog‘liq sohalardagi rivojlanishga kelsak, biz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik – maktablar, universitetlar va ilmiy tekshirish institutlarida ta’lim to‘xtadi… Masofaviy ta’lim asosiy variantlardan biri bo‘lib qoldi. Chunki Iordaniya ta’lim va tarbiya vazirligi o‘quv mashg‘ulotlarni ayni yo‘nalish bo‘yicha olib bormoqda. Ya’ni, vazirlik ta’lim oluvchi bilan o‘qituvchi uchun elektron minbar yaratib bergandan so‘ng, bu darslar oila tomonidan kuzatiladigan bo‘ldi. Endi madaniyat va sportni rivojlantirish ham odamlarsiz va yaqindan kuzatuvchilarsiz olib boriladigan bo‘ladi. Yaqinda kutilayotgan ayni salbiy o‘zgarishlarga misol keltirishni yakunlashdan oldin xalqaro ekspertlar tomonidan ko‘p tilga olinayotgan «oziq-ovqat etishmovchiligi», degan mavzuga to‘xtalmoqchimiz. Komendantlik soati joriy qilinishi sababli hamda ishchilarning o‘z oralaridan koronavirusga chalinganlarning kutilmaganda aksirib yuborishidan qo‘rqib, bir-birlariga yaqin munosabatda bo‘lishdan saqlanishlari natijasida, qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish va oziq-ovqat ishlab chiqarishga sezilarli darajada salbiy ta’sir etadi. O‘z navbatida, bu oziq-ovqat etishmovchiligiga, tovarlar narxi oshib ketishiga olib keladi, hatto ocharchiliklar, ochlar qo‘zg‘olonlari, o‘g‘irliklar va talon-torojlar ham kelib chiqishi mumkin.

So‘zimiz nihoyasida shuni ta’kidlamoqchimizki, bashariyat hayotining barcha jabhalarini jilovsiz qo‘ygan kapitalizm tuzumi bilan mustamlakachi demokratiyadir… Shuning uchun dunyoda bo‘lgan va bo‘layotgan barcha noxushliklarga avvalu oxir javobgar shulardir. Agar dunyoni boshqarayotgan mentalitet turaversa, ayniqsa, AQSh va G‘arb o‘z hayotlarining asosiy poydevori bo‘lgan shaxsiy erkinlik saqlanib qolaversa, u holda, noxushliklar bundan ham ko‘p bo‘lishi turgan gap, bu erkinliklarning dunyoga bundan ham kengroq yoyilishi aniq. Biz G‘arb qonunlarining insoniyatga butunlay noloyiq ekanini ko‘rdik… Masalan, inson bilan hayvonning nikohlanishiga ruxsat berish hamda fohishalik va giyohvand moddalarni iste’mol qilish qonunlari kabi.

Shunga binoan, demak, xoh koronavirus bo‘lsin, xoh inson belgilagan qadriyatlar, fikrlar va jilovsiz tamoyillar virusi bo‘lsin, bulardan butun dunyo qutulishi shart. Chunki bu viruslarni noqis, ojiz, boshqaga muhtoj, xatokor, ba’zan xato qilmaydigan, eb-ichishga muhtoj, zaif, adashgan va ilmiy yutuqlari bilan g‘ururlangan-adashgan inson paydo qildi. Zotan, bu ilmiy yutuqlari hozirgi zamonning natijasi emas, balki bu insondan minglab yillar oldin o‘tgan ummatlardan qolgan yutuqlardir. Zero, ular kashf etgan qonun va qoidalarni butun maxluqotni yaratgan Alloh Taolo hayotning hayvoniy qing‘ir yo‘lda emas, to‘g‘ri yo‘ldan ketsin uchun yaratgan. Buyuk Alloh insonlar sifatlayotgan ayb-nuqsondan pok-oliydir.

Roya gazetasining 2020 yil 15 aprel chorshanba kungi 282-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.