(Isroil)liklar oʻz yerlarida tinch yashash huquqiga ega

768
0

 (Isroil)liklar oʻz yerlarida tinch yashash huquqiga ega

 Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bayonot berib¸ (Isroil) aholisi “oʻz yerlarida tinch yashash huquqiga ega” ekanligini taʼkidladi. U Amerikaning The Atlantic nashri muxbiri tomonidan berilgan, “yahudiylar oʻz davlatiga ega boʻlish huquqiga egami?”, deya berilgan savolga javob berar ekan, shunday dedi. Bu haqda azon.uz xabar tarqatdi.

 AQShga tashrif bilan kelgan shahzoda Muhammad shu kabi huquqqa falastinliklar ham ega ekanligini, shu sababli Yaqin Sharqdagi majoroda ishtirok etayotgan tomonlar tinchlik bitimiga erishishlari zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

 Saudiya Arabistoni rasman (Isroil)ni tan olmaydi va bu davlat bilan munosabat oʻrnatmagan. Biroq, koʻplab kuzatuvchilar soʻnggi vaqtlarda shahzoda Muhammad olib borayotgan siyosat tufayli Ar- Riyodning (Isroil) bilan umumiy manfaatlar yoʻlida – jumladan mintaqada mavqeini mustahkamlayotgan Eronga qarshi turishda hamkorlik qilayotganini taʼkidlashmoqda.

 The Atlantic nashriga intervьyu bergan shahzoda Muhammad agar (Isroil) Falastin bilan tinchlik borasida kelishuvga erishadigan boʻlsa, u holda “Isroil va Fors koʻrfazidagi mamlakatlarning koʻplab umumiy manfaatlari boʻladi”, dedi.

 Reuters agentligining taʼkidlashicha, Saudiya Arabistoni Oq uyning ayni damda ishlab chiqayotgan Yaqin Sharqni barqarorlashtirish yoʻlidagi yangi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.