Milliy xavfsizlik xizmatining nomi oʻzgardi

802
0

Milliy xavfsizlik xizmatining nomi oʻzgardi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanali xabar berdi.

 Qarorda aytilishicha, MXX mamlakat xavfsizligini taʼminlashda alohida ahamiyatga kasb etadi. Shu bilan birga, ushbu tuzilmaning faoliyati biror hujjat bilan tartibga solinmagani uning turli sohalarga asossiz ravishda aralashishiga zamin yaratar edi.

 Qarorga muvofiq, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb qayta tuziladi. Davlat xavfsizlik xizmati Milliy xavfsizlik xizmatining vorisi sifatida tan olinadi.

 Xizmat faoliyati uning vakolatlarini qatʼiy belgilab beruvchi qonunchilik bazasini yaratish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi turishning zamonaviy uslublarini joriy etish, yangicha asosda ishlaydigan tashkiliy tuzilmani yaratish, tashkilot saflariga qobiliyatli va vatanparvar yoshlarni jalb qilishni nazarda tutadigan kadrlar tanlash tizimini yaratish, harbiy xizmatchilar ijtimoiy himoyasi va turmush tarzini yaxshilash singarilar negiziga quriladi.

 Tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sifatida davlat xavfsizligini taʼminlash, konstitutsion tuzumni va davlat chegaralarini himoya qilish, ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash va bartaraf etish, razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkilotlaridagi korruptsiya holatlarini bartaraf etish, davlat terrorchilik, ekstremizm, narkotik va psixotrop moddalar savdosiga qarshi kurash, etnik va boshqa turdagi nizolarni keltirib chiqarishga qaratilgan destruktiv faoliyatning oldini olish va boshqalar belgilandi.

 Sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining ayrim vakolatlari Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, Mudofaa vazirligiga oʻtkazildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.