Kuzda yoki kelgusi bahorda mamlakatni parchalashga urinishlar bo’lishi mumkin

383
0

0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev xalqaro sport musobaqalari g’oliblari va sovrindorlari bilan uchrashib pul mukofotlari va esdalik sovg’alarini topshirdi. Uchrashuv chog’ida prezident Qirg’izistonning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan ayrim jihatlarga to’xtalib, uni parchalashga urinishlar bo’lishini ta’kidladi, deya xabar qiladi ca-news.

“Albatta, yana mamlakatni parchalashga urinishlar bo’ladi. Shunday odamlar borki, ularni rus maqoli chiroyli ta’riflaydi: kim uchundir urush, kim uchundir ona-vatan. Bir tasavvur qiling. Qirg’izistondagi 2010 yilgi inqilobdan so’ng beshta arab davlatlarida inqilob yuz berdi, jumladan Misr, Suriya, Yaman, Liviyada. Qarab ko’ring, nimalar bo’layapti. bu mamlakatlarda. Ularning aksariyatida deyarli fuqarolar urushi bormoqda. Bizning siyosatchilar ham shuni xohlashyapti”- dedi u.

Bu gaplardan so’ng Prezident Atambaev nobarqarorlikni keltirib chiqarish va mamlakatni parchalashga urinishlar ehtimol kuzda yoki kelgusi bahorda ro’y berishi mumkinligini qayd etdi.

U mamlakat kelajagiga ishonch bildirishini ta’kidlab, “Biz energetika, qurilish sohalarida katta loyihalarni boshlayapmiz. Biroq mamlakatimizda bunga qarshilik ko’rsatayotgan kuchlar bor. Kim nima deb qag’illamasin – niyatiga etolmaydi. Bizning davlatimiz kuchli va mustaqil bo’ladi. Mamlakat parchalanish yo’lida ekanligini aytib, qag’illab yurgan har xil mintaqaviy podshochalar xomtama bo’lmasin. Uni parchalay olmaydi, zero bizning mamlakatimiz mushtarak, u o’zini himoya qila oladi va o’zini o’zi ta’minlay olmaydiganlar – nogiron va qariyalarga yordam bera oladi. Ishonchim komilki, Qirg’iziston kuchli mamlakatga aylanadi”, – deya ta’kidladi davlat rahbari.

Atambaevning aytishicha, o’z uyi va ko’chasi uchun hech narsa qilmagan odamlar mamlakatni parokandalikka etaklamoqchi. «Savdolashishadi. Bizga lavozim bering, ana shunda miting o’tkazmaymiz, odamlarni ko’chaga olib chiqmaymiz, deyishadi. Bu «yoshlar»ning ortida kimlar turganiga bir qarang: sobiq yoki amaldagi deputatlar va vazirlar, – dedi prezident. – Bizga siz kabilar kerak. Kuchini xuddi jinoyatchilar va reketchilar kabi kuchsizlarni xafa qilishga emas, balki mamlakat taraqqiyoti va yaqinlariga yordam berish uchun ishlatadiganlar kerak. Kuch bilan yo’llarni to’sib qo’yadiganlar, korxonalarni elektr energiyasidan uzib qo’yadiganlar emas». “Har bir fuqaro o’z oilasini ta’minlashi lozim. Buning o’rniga ayrimlar ko’chalarda Qirg’iziston mana bunday bo’lishi kerak deb izg’ib yurishibdi. Sen eng avvalo o’zingni to’ydir, so’ngra oilangni. Mabodo uy qura olmasang, hech bo’lmaganda boshing uzra tom yopib ol. Agarda ko’chalarni bunyod etolmasang ham, hech bo’lmaganda ularni to’sma. O’shandagina Qirg’izistonning kelajagi bo’ladi”, – dedi prezident.

Turkiston:

Atambaevdan boshqacha yo’nalish kutilgan edi. Uni Turkiya bilan yaqinligidan, musulmonlarga yaqinlashish, ularni quvvatidan foydalanish uchun Islomiylashish, afsuski u ham ilgarigi prizidentlar yo’lidan ketib qoldi. Demak natija ham o’zi kutayotgandek nixoyasiga etishi kutiladi.

Yo’nalishga ham e’tibor bering huddi o’shandek, Rossiya, AQSh va Xitoy manfaatlari o’rtasida sarson bo’lib bormoqda. Natija ham shu katta davlatlarning biri tomonidan ichki yangi quvvatlarni qo’llab yuborish bilan nihoyasiga etadi. Negaki Atambaevni shu xulosalarga olib borayotgan o’y ham, ularning hammasini birdan rozi qilishning ilojisini topa olmayotganidan kelayapti.

Musulmonlarga g’azab kuchlarini burib, shuning bilan kufr kattalarini barchasini rozi qilishga bo’lgan xarakatlar ham, ilgarigilarga yordam bergan emas. Bularga ham yordam bermaydi. Rossiya xatto musulmonlarga qarshi terror ishlatish takliflarini ham taklif qiladi. Qolganlarining ham o’z loixalari mavjud. Ular xatto biz musulmonlar bilan olib boriladigan kurash uslublarida ham bir birlari bilan kelisha olmaydi.

Atambaev esa, xatto shu uslublarning birini tanlashda ham ulardan ko’p dakkilar oladi. Allohning, Rosulining va butun musulmonlar o’qiydigan la’natlarichi. Albatta shularning hammasi to’planib, Atambaevni xozirgi tushkunlik xolatiga solib qo’yishi tabiiy xol.

Atambaevga va uning o’rniga intilayotgan boshqasiga xatto biror bir jo’yali maslaxat xam berish qiyin. Shuni aniq eslatish mumkinki, kelajak Islomniki ekanligi aqlli insonlar uchun aniq ko’rinib qoldi. Tarixda Islom dushmani tamg’asini olib qolishdan extiyod bo’lishlari lozim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.