Lavrov: Rossiya sanktsiyalar bekor qilinishini soʻrayotgani yoʻq

680
0

Lavrov: Rossiya sanktsiyalar bekor qilinishini soʻrayotgani yoʻq

 Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning maʼlum qilishicha, Moskva YeIdan sanktsiyalar bekor qilinishini soʻrayotgani yoʻq, biroq sheriklar bilan muloqot tarafdori sanaladi. Bu haqda RIA  “Novosti” xabar bermoqda.

 “Biz hech qachon na Yevropa ittifoqi, na sanktsiyalarga qoʻshilgan boshqa davlatlardan bu sanktsiyalar bekor qilinishini soʻramayapmiz, sanktsiyalarni bekor qilish shartlari boʻyicha qandaydir muzokaralarni oʻtkazmaymiz”, – deya aytib oʻtdi Lavrov.

 Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya tomoni izolyatsionizm siyosatidan chekinmoqda, u ham oʻzini oʻzi izolyatsiya qilish, ham boshqa davlatlarning Rossiyani yakkalatib qoʻyish harakatlariga aloqador.

 “Bizning oʻzaro harakatlarimiz boʻyicha muvofiqlashtirilgan yoʻnalishlarga amal qilishda davom etamiz, biznes istaklariga ijobiy javob qaytarishga tayyor boʻlamiz, u esa bunday nosogʻlom vaziyatni tezroq yoʻqotish lozimligi haqida bot-bot gapirmoqda”, – deya qoʻshimcha qilib oʻtdi Lavrov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.