“Xavfsiz mintaqa”da soʻnggi bir haftada 82 nafar tinch aholi vakili oʻldirildi

905
0

“Xavfsiz mintaqa”da soʻnggi bir haftada 82 nafar tinch aholi vakili oʻldirildi

Suriyada “Xavfsiz mintaqa” deya belgilangan va uning xavfsizligini Rossiya, Turkiya va Eron davlatlari zimmasiga olgan Sharqiy Gʻutada oʻtgan haftaning oʻzida oʻldirilgan tinch aholining soni 82 nafarga yetgan. Suriyada fuqarolik mudofaasi manbalaridan olingan maʼlumotga koʻra, mazkur insonlar Asad rejimi tarafidan raketa va misket bombalari orqali uyushtirilgan hujumlarda oʻldirilgan. Hatto Asad hujumlarida manbaning 4 nafar xodimi ham halok boʻlgan.

Biroq Rossiya, Turkiya va Eron davlatlari Suriya masalasida kafil davlatlar sifatida ishtirok etgan Sochi sammitida Suriyada tashkil qilingan “Xavfsiz mintaqa” ancha samarali boʻlganligi taʼkidlashdi. Bu haqida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdogʻan va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Sochi muzokaralari yakunida qoʻshma bayonot berdi.

Bayonotda Ostona uchrashuvi sababli Suriyadagi keskinlik darajasi sezilarli darajada kamayganligi, insonlar chekayotgan azob-uqubatlar yengillaganligi, qochoqlar oqimi toʻxtaganligi va qochoqlar xavfsiz holda uylariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligiga urgʻu berildi.

Xususan bayonotda Suriyadagi terrorchi (Shariatdan boshqasiga rozi boʻlmaydigan) guruhlar vujudini tugatishga yaqinlashish imkoniyatiga ega boʻlinganligi va bu doirada Rossiya, Turkiya va Eronning “terrorchi” guruhlarni oxirigacha yoʻq qilinishi uchun hamkorlik qilish borasida kelishib olganligi maʼlum qilindi.

Rahbarlar yigʻilishdan keyin bergan qoʻshma bayonotda, Rossiya, Turkiya va Eron davlatlari Suriyada “Xavfsiz mintaqa yaratish” boʻyicha kelishilgan saʼy-harakatlarini davom ettirishlarini bildirdilar. Shuningdek, Ostona uchrashuvi va unda erishilgan “yutuqlar” Suriyada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash uchun samarali vosita boʻlganligini taʼkidladilar. Ammo u yerda Asad uyushtirayotgan qirgʻinlar haqida ogʻiz ochmadilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.