Afgʻoniston Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining maxsus xizmatlari yigʻilish oʻtkazmoqchi

835
0
Kabul (Jan. 25, 2009) The Honorable Minister of Interior Mohammad Hanif Atmar addressing attendees at a ceremony held for the family members of two fallen sergeants in MondayÕs fighting between insurgents and ANP in Kabul. During the ceremony families of the fallen sergeants received cash rewards of 100,000 Afghanis for the sergeantÕs actions while sacrificing their lives to save the lives of many more Afghans. The ceremony also saw 76 police officers and sergeants recommended for rank promotion and 351 recommended for monetary bonuses. (Photo by Mass Communications Specialist 1st Class Christopher Mobley/Released)

Afgʻoniston Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining maxsus xizmatlari yigʻilish oʻtkazmoqchi

 Rasmiy Qobul terrorchilikka qarshi kurash boʻyicha Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari yigʻilishini oʻtkazishni taklif qildi, dedi jurnalistlarga Afgʻoniston prezidentining Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Muhammad Atmar. Bu haqida “Sputnik” sayti xabar qilmoqda.

 “Terrorizm va giyohvand moddalarga qarshi kurash razvedka xizmatlari oʻrtasidagi hamkorliksiz oʻtishi mumkin emas. Biz ikkiyoqlama va koʻptomonlama hamkorlik taklifini kiritdik”,- dedi Atmar Rossiya, Afgʻoniston va Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari oʻrtasida bir kun oldin oʻtkazilgan uchrashuv yakuni haqida gapirar ekan.

Uning soʻzlariga koʻra, Qobul shuningdek, Afgʻonistonda yoki Markaziy Osiyo davlatlarining birida razvedka xizmati rahbarlari konferentsiyasini oʻtkazish taklifi bilan chiqqan. Konferentsiyadan maqsad bu xizmatlar qay tariqa hamkorlik qilishlari masalasini muhokama qilishdan iborat, dedi Atmar.

 “Janob Patrushev va boshqa ishtirokchilar bu taklifni qoʻllab-quvvatladilar. Men taklifni yozma tarzda taqdim etaman, ular detallarini muhokama qilishlari mumkin boʻlishi uchun, shunga kelishib oldik. Hozircha bu ish boshlangʻich pogʻonada turibdi. Lekin Afgʻoniston bunday hamkorlikka tayyor”,- deb taʼkidladi u.

 “Biz Markaziy Osiyo va Rossiyadagi hamkorlarimizga terrorchilar faoliyati: ular aʼzolikka qanday qabul qilishlari va terrorchilik aktlarini qay tarzda amalga oshirishlari haqida favqulodda muhim maʼlumotni taqdim etdik”,- deb taʼkiladi diplomat.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.