Snouden: AQSh razvedkasi 11 sentyabr hujumlaridan xabardor edi

504
0

sqq Boshpana so’rab Rossiyaga murojaat qilgan Amerika razvedkasining sobiq xodimi Edvard Snouden 2001 yil 11 sentyabr hujumlaridan avval AQShning qo’lida bu haqida etarli ma’lumot bo’lganligini bildirdi.

 AQSh razvedkasining yashirin ma’lumotlarini birma bir oshkor qilish bilan tanilgan Edvard Snoudenning oshkor qilishicha, AQSh razvedkasi 11 sentyabr hodisalari yuz berishidan avval bu borada etarli ma’lumotga ega bo’lishiga qaramay, halokatning oldini olish uchun biror harakatga kirishmagan.

 Voqea ustida surishtiruv olib borgan “11 sentyabr komissiyasi” tarafidan ham bu holat aniqlanganligini qayd etgan Snouden bu haqida eng yaxshi ma’lumot MRBning qo’lida bo’lganligini bildirdi.

 Edvard Snouden butun telefonlar tinglanib, Ye-mail pochta aloqalari o’qilishi bilan hech narsaga erishib bo’lmasligini ta’kidlar ekan, barcha sarf xarajatlar va etarli ma’lumotlarga qaramay, Boston marafonida amalga oshirilgan bombali hujumning oldi olinmaganligini aytib o’tdi.

 NBC telekanalining jurnalisti Brayan Uilyams Edvard Snouden bilan 11 sentyabr va Boston voqealari haqida uzoq suhbat o’tkazdi. To’rt soat davom etgan suhbatda Snouden avval ochiqlamagan ma’lumotlarni oshkor qilgan. Biroq to’rt soatlik so’zlashuv “har tomonlama qirqib tashlanib” bor yo’g’i bir soatlik qilinib efirga uzatildi.

 “Habertürk”ning xodimi Qosim Chindemirning da’vo qilishicha, NBC telekanali efirga uzatmagan qismlar orasida 2001 yil 11 sentyabr kuni Nyu-York va Voshingtonda yuz bergan “Al-Qoida” tarafidan uyushtirilganligi da’vo qilingan terror amaliyotiga aloqador Snouden ochiqlagan fikrlar o’rin olgan. Chindemirga ko’ra, Snouden 11 sentyabr hujumidan avval razvedka bo’limining qo’lida etarli darajada ma’lumot borligini ochiqlagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.