Rossiya xavfsizlik kengashining kotibi Qirgʻizistonga keldi

806
0

Rossiya xavfsizlik kengashining kotibi Qirgʻizistonga keldi

 Qirgʻiziston maxsus xizmatlari xalqni turli xil terrorchilik aktlari bilan vahimaga solib turgan bir vaqtda Rossiya xavfsizlik kengashining kotibi Nikolay Patrushev ishchi tashrif bilan Qirgʻizistonga keldi. Almazbek Atambayev 23 avgust kuni Nikolay Patrushevni qabul qilgan.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvda harbiy-texnikaviy hamkorlik sohasida munosabatlarni rivojlantirish, terrorizm va ekstremizmga qarshi hamkorlikda kurashish masalalari muhokama qilingan.

 Shuningdek uchrashuvda, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka doir dolzarb masalalar boʻyicha fikr almashilgan.

 Xabar qilinishicha, Patrushev Bishkekka ikki mamlakatning vakolatli organlari oʻrtasida rejalashtirilgan ishchi konsulьtatsiyalarda ishtirok etish uchun kelgan.

Turkiston: 

Nikolay Patrushev 1999 yil FSB (Federal xavfsizlik xizmati) direktori boʻlib turgan vaqtida yuzlagan rus fuqorolarini portlatib yuborishda asosiy rol oʻynagani va bevosita ishtirokchilarning yetakchisi boʻlgani hech kimga sir emas. FSBning xodimlari, hatto koʻp qavatli binolar ostiga portlatgichlar joylashtirayotgan vaqtda bir necha marotaba qoʻlga olinib, ularning jinoyati dalillar va ochiq faktlar bilan isbotlangan. Shunga qaramay, FSB direktori Patrushev Putinning avtoritar rejimining homiyligi va qoʻllovi ostida hech narsaga eʼtibor bermay yana qoʻporuv amaliyotlarini davom ettirib kelmoqda. Bir necha yuzlagan tinch fuqorolar halok boʻldi!

Patrushev Qirgʻizistonga ham xuddi 1999 yildagi Rossiya loihasining nusxasini olib keldi! Bu gʻalamis shaxs kelishi bilan Qirgʻizistonda notinchlik boshlandi. “Sputnik” axborot agentligi orqali 20 avgust kuni “Tsum” savdo markazida portlatuv moslamasi bor degan soxta gumon bilan atayin vahima tarqatilib, oʻrab olindi. “Azattыk”ning xabariga koʻra, 22 avgustda Qorasuv rayonining Narimon qishlogʻida oʻzi bilan portlovchi moslama olib yurgan bir odam qoʻlga olingan emish. “vesti.kg” 24 avgust kuni militsiyaning “Perexvat” loihasini ishga soldi. Bu safar bir odam militsiyani ochiq portlatib yuborish bilan tahdid qilgan emish. “24.kg” Bishkekda militsiya xodimlari 5 mikrorayonni oʻrab olganligi haqida xabar tarqatdi. Sababi, kechki paytda militsiya tarafidan toʻxtatilib hujjatlari tekshirilayotgan bir mashina, tekshiruv nihoyasiga yetmay qochib ketgan emish.

Yuqoridagi vahimalar Patrushev olib kelayotgan iflos loihaning boshlanishi emasmi!? Ular vahima qilayotgan jinoyatlar aslida kundalik jinoyatlar statistikasidir. Lekin, rasmiy saytlar vositasida boʻrttirib koʻrsatilayotgan bu vahimalar maʼlumot hujumining boshlanishi boʻlib, xalqni yirikroq qoʻporuv amaliyotlarga tayorlov taktikasi hisoblanadi. Demak Rossiya Patrushev va FSB xodimlarining yashirin aralashuvi va hamkorligi vositasida juda iflos uslublar bilan Qirgʻiziston siyosatini saqlab qolmoqchi boʻlyapti.

AQShning Afgonistondagi harbiy aralashuvining jonlanib borayotgani ham Rus mustamlakachilarini yangi strotegik harakatlarga unday boshladi. Yaʼni, Markaziy Osiyoga nisbatan xalqaro siyosat olamining munosabatlari oʻzgarib boryapti. Rossiya bu loihadan chetda tura olmaydi. Shuning uchun Qirgʻiziston xalqaro siyosatning oʻzgarishidagi Markaziy Osiyoning eng qulay strotegik pozitsiyasi va harakat maydoni boʻlishi kutilmoqda.

Demak biz Qirgʻiz fuqorolari, ogoh boʻlishimiz kerak! Kufrning strotegiyasi oʻta qaltis va keskin vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ular oʻzlarining manfaatlari uchun biz tomonlarni harbiy kurash maydoniga aylantirishmoqchi boʻlishyapti! Patrushevning kelishi ularning aynan shunday maqsadlariga dalolat qiladi! Ular loihalashtirayotgan mudhish amaliyotlar faqat islomiy jamoalar va musulmon shaxslar nomidan amalga oshiriladi. Demak biz musulmonlar ularni maʼlumot kurashlaridan ogoh boʻlishimiz, ularning yolgʻon maʼlumotlarini inkor qilishimiz, oʻzimiz ham Islom chegarasida mahkam turib, iymoniy muhit bilan bir butun vujud boʻlishimiz vojibdir. Chunki  islomiy muhitimizni pokiza ushlab turish bilangina kufrning maqsadlariga yoʻl bermaymiz insha Olloh!   

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.