Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

780
0

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

8 sentyabr kuni oliy majlis ikki palatasining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

“Interfaks”ning parlament axborot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Senat raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshevga Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq, prezidentning vazifa va vakolatlari vaqtincha oʻtishi lozim edi.

Ammo Yoʻldoshev bu vazifani zimmasiga olishni rad etgan. Shu munosabat bilan deputatlar bir ovozdan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev nomzodini Oʻzbekiston prezidenti vazifa va vakolotlarini bajarishga masʼul etib tayinlanishini qoʻllab-quvvatlashgan.

Turkiston:

Oʻzbekiston Karimov tomonidan avtoritar rejimi bilan boshqarib kelindi. Avtoritar rejim deb, bir diktatorning yoki guruh (partiya)ning siyosiy bosimi ostida boshqarib kelayotgan sistemasiga aytiladi. Bu shaxs yoki guruhning siyosatdan ketishi yoki chetlatilishi bilan sistema qulay boshlaydi. Chunki bu sistema tatolitar rejimdan farq qilib, unda bir qonuniy tizim ustuvor boʻlmaydi. Aksincha qonun ham bu guruhning manfaati uchun xizmat qiladi.

Oʻzbek rejimi ham avtoritar rejim boʻlib, unda muayyan bir mafkura yoki qonun diktaturasi boʻlgan emas. Bu sistema faqat bir guruhning manfaatidan kelib chiqib, bir shaxsning nomidan boshqarilib kelingan. Bu shaxs 25 yil mobaynida yangi bir avlodni tarbiyalab chiqardi. Ular shu muhitda tugʻilishdi, oʻsib-ulgʻayishdi. Muammo shundaki, bu avlod qonun yoki bir sistema va mafkuraning quvvatini emas, faqat Karimovning quvvatini tan olishar va uni quvvat manbayi deb bilishar edi. Shuning uchun hozirda yetakchisiz qolgan bu rejim oʻz gumashtalariga, “Karimovdan kuchli bir boshqaruv sistemasi qoldi, u bizga boshqaruv tizimini meros qoldirdi”, degan fikrni qayta-qayta takrorlashni buyuryapti.

Oʻzbekistonning hozirgi holatidagi yetakchiligini beboshlik sistemasi desak boʻladi. Bu sistemaga Nigʻmatullo Yuldashev singari zaif figuralar bosh boʻlolmaydi. Mirziyayev ham hozir oʻziga ishona olmayapti. Chunki Mirziyayevning Oʻzbek xalq oldidagi obroʻyi oʻta past darajada. Hozirda xalqaro siyosatdagi bir qator mamlakatlar bilan gaplasha oladigan undan boshqa yirikroq siyosatchi yoʻq boʻlib turipti. Bundan tashqari, hozirgi Oʻzbek rejimi Rossiyaga suyana boshlagani sababli Inoyatov suyanadigan rossiyaparast siyosatchi faqat Mirziyayev boʻlib turipti.

Lekin Karimovning oʻrniga Mirziyayevning kelishi rejim diktaturasining davom etishini anglatadi. Mirziyayev oʻzi uchun yangi bir avtoritar sistema yaratadi. Lekin bu sistema Karimovnikidan ham qattiq rejim boʻlishi kutilyapti. Chunki rejim uni tan olishi uchun hamda xalq ham unga boʻyin egib, uni tan olishi uchun bir necha yillar zulmni yanada kuchaytirishiga toʻgʻri keladi. Mirziyayevdan yengillik tomon har qanday islohotlardan umid qilish mumkin emas. Aksincha bu odam hammasini boshidan boshlaydi. Putin bularni, qachonlardir oʻz hokimiyatini jilovlayotganida, oʻzi bosib oʻtgan yoʻllardan yetaklaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.