Turkiyadagi studentlar Chubak hojiga murojaatnoma yoʻllashdi

710
0

Turkiyadagi studentlar Chubak hojiga murojaatnoma yoʻllashdi

Bu xaqida “azattыk radiosu” 15 iyuldagi sonida xabar tarqatdi. “Azattыk radiosu”ga Turkiyadagi Qirgʻiz diplomati Kubangazi Bugubayev murojaat qilgan. Unda aytilishicha, Chubak xojining dinshunos Fetxullax Gulen bilan uchrashuvi Turkiyadagi studentlar va ishchi migrantlar taqdiriga yomon taʼsir koʻrsatishi mumkin. Murojaatnomaga 300ta chamasi student qoʻl qoʻygan.

Eslatib oʻtamiz oʻtgan yilgi Turkiyada omadsizlikka uchragan xarbiy davlat toʻntarish uchun uyushtirilgan xarakatlarda Turkiya Gulenni aybdor deb topib, unga 2000 yil qamoq muddati tayinlangan. Shunga qaramay, AQSh Gulenni Turkiyaga topshirishdan bosh tortib keladi.

Turkiston:

Oxirgi vaqtda, Chubak hojining AQShga borib, u yerda Fathulla Gulen bilan uchrashgani jamoatchilik orasida keng va har tomonlama muhokamaga sabab boʻlmoqda. Islomiy ulamolarning hatti harakatlari jamoatchilik nazarida bu qadar eʼtiborli va taʼsirli boʻlib borayotgani yaxshi koʻrinishdir. Bu esa, jamiyatni islomiylashib borayotganidan va ummat oʻzining yetakchiligini islomiy shaxsiyalar ichidan qidira boshlaganidan darak beradi. Lekin, islomiy shaxsiya va ulamolar ham ummatning mana shu uygʻonib borayotgan holatini his qilib, oʻzlarining shu kundagi martabalarini javobgarlik, amonat va masuliyat deb his qilishyaptimi yoki oʻz obruylarini suistimol qilib, gʻoyriislomiy harakatlar olib borishyaptimi?!! Muammo va yechim mana shu nuqtada.

Islomiy shaxsiya deb – oʻzining aqli va nafsini tushunish va qanoat hosil qilish bilan Islom manfaatiga boʻyin sundirgan va har bir harakatidan faqat Islom va musulmonlar manfaatini koʻzlab ish yurgizadigan shaxslarga aytiladi. Yaʼni bunday odam har bir harakatini faqat sharʼiy hukmga muvofiq ummat manfaatidan kelib chiqib rejalashtiradi. Shaxsiy manfaatlarini iymoniy muhit bilan jilovlab, riyokorlikdan kelib chiquvchi obruyparastlik va boshqa shaxsiy moddiy manfaatlarni maqsad qilmaydi.

Demak, islomiy ulamolarning pokligi va ularning islomiy shaxsiya sifatiga ega boʻlishlari islomiy muhitni pokizaligidan darak beradi. Aksincha, ulamolarning nopok shaxsiya ekanliklari sababli islomiy muhit ham buzuladi. Shuning uchun kufr olami ulamolarimizni bizdan tortib olish uchun har qanday mablagʻ va imkoniyatlaridan foydalanishga qattiq harakat olib borishyapti. Fathulla Gulen bizdan tortib olingan ulamo timsoli sifatida avvalgi oʻrinlardan birini egallab turgan qalbaki va soxta ulamolardan biri hisoblanadi. Dinni niqob qilib ish olib borishda undan ham yuqori pagʻonani egallab turgan shaxs esa, Turkiyaning hozirgi prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻandir.

Gʻarb olamiy boshqaruv sistemasi Fathulla Gulen va Toyyib Erdogʻandan foydalanib, Turk musulmon fuqorolarini uzoq yillar mobaynida dinidan, siyosatidan va oʻzligini tanish imkoniyatlaridan chalgʻitib kelyapti! Bu ikki – bir biriga raqib koʻrinayotgan, kufr tomonidan islomiy niqob bilan siyosatga olib kiritilgan va shu kungacha har ikkisi ham kufrning qoʻllovi va himoyasi ostida faoliyat olib borishayotgan kimsalar buzuqi shaxsiyalar boʻlib, ularning aslida Islomga aloqasi yoʻq. Bor-yoʻgʻi, kufr yetakchilari yurtlarimizda va olamda musulmonlarni chalgʻitish, qoloqlashtirish kabi oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqarishda ulardan foydalanib kelyapti.

Qirgʻiziston ulamolarining holatiga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, AQSh Qirgʻizistondagi islomiy muhitni kuchayib borayotganini va u ilmoniy muhitni deyarli siqib jamiyatdan chiqarib yuborayotganini koʻrib kelyapti. Shuning uchun Gʻarb sistemasi Qirgʻiz ulamolarini ham oʻz domiga tortib, Qirgʻizistonda kichikroq boʻlsa ham Gulen singari qoʻlbola ulamo paydo qilib olmoqchi boʻlyapti. Shu maqsadda Maksad hoji boshchiligidagi bir islomiy delegatsiya AQShga tashtif buyurdi. Soʻng yuqorida aytib oʻtigan Chubak hojining tashtifi amalga oshirildi. Ularning har ikkisi ham gʻoyrioddiy va keraksiz munosabatlari bilan jamoatchilik etiborini oʻziga tortadigan harakatlar qilishdi. Maqsat hoji cherkovda azon aytdi. Chubak hoji esa, Gulen bilan uchrashdi va shu kungacha bu uchrashuvdan tayinli bir maqsad bor ekanligini ayta olmayapti.

Vokeda yuz berayotgan hodisalardan foydalanib, Qirgʻiz ulamolariga murojat qilib oʻtmoqchimiz. Misrdagi Mursiy va unga ergashgan musulmon birodarlarning hozirgi ahvoliga bir qarang. Minglagan Oʻzbekiston islomiy ulamolarining shu kundagi ahvoli sizlarga yoqadimi?! Tarixda barcha xoin yoki saroy ulamolarining ahvolini oʻrganib chiqing! Bularning barchasi faqat Allohning dinidan buzuq manfaatlarda foydalanmoqchi boʻlganlari uchun shu dunyoda hor boʻlishyapti. Ular qasr va koshonalarda, oʻzlari isteʼmol qila olmaydigan millionlagan dollarlarga egalik qilib turgan hollarida hor boʻlishyapti! Nahotki sizlar sahobalarning yoʻlini tark qilib, arzimas dunyo ustida kufr bilan bitim tuzib, Islom va musulmonlar manfaatlariga xiyonat qilishga rozi boʻlsangiz? Negaki kufr olami sizlardan faqat shuni kutyapti. Shu maqsadda sizlarga, hatto islomiy kitoblaringizni juda koʻp nashralar bilan bosib chiqarishingizga ruxsat beryapti! Kufr olamiga bemalol borib, u yerda oʻz qoʻl ostidagi saroy ulamolari bilan uchrashishga imkon yaratib beryapti. Nahotki sahobalarning hayotlaridan shunga oʻxshash voqelikni, sharoitni topa olgan boʻlsalaring?. Yoki sizlar Paygʻambarimiz SAVni yoki sahobalarning hayotiy sunnatlariga eʼtibor bermay, oʻzlaring oʻylab topib olayotgan yoʻllaring bilan Allohning dinini dunyoda oliy qilmoqchi boʻlyapsizlarmi?! Vallohi, har bir oʻzboshimchalik osiylikdandir. Alloh esa, bizlarning islohotlarimizga muhtoj boʻlgan zot emas! Aksincha biz uning nusratiga muhtojmiz! Barcha islohiy harakatlarimiz esa, faqat Uning buyurgani uchundir! Demak islohiy harakatlarimiz ham faqat Alloh va Rosulining koʻrsatgan tariqatidan borsagina haqiqiy maqsadga olib bora oladi! Boshqacha harakatlarimizning barchasini oxiri kesik va natijasiz!

Shuning uchun sizlarni islomiy meʼyorlarga qaytishga va kufrning moddiy meʼyorlarini jamiyatga olib kirishga hissa qoʻshib qoʻyishdan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz. Islomiy meʼyorlar harom va halol asosida boʻladi. Shuning uchun ummatga biror shaxs yoki voqelikni yoritib berayotib, faqat islomiy manfaat va oʻlchovlardan foydalanib baho berishingiz vojib. U shaxsning kufr olamidagi martabasi yoki uning kufr olami oldida topgan qadr qiymati yo bir shaxsni kufr oldida obruysizlanib borayotgani uchungina tahqirlab borish kabi kufr oʻlchovi va qadriyatlarini uloqtirib yuborishingiz vojib! Aks holda kufr olami sizlarni islom niqobi ostida oʻz siyosatlari girdobiga tortib olib kirib ketishga harakat qiladi. Ular “Islomda siyosat yoʻq” degan shiorlarini sizlarga singdirish orqali islomiy siyosatdan yiroqlashtirib, sizlarni vositangiz bilan kufr siyosatiga islomni moyillashtirishga urinishyapti. Ulardan yuz oʻgiring va yiroqlashing! Barchamiz Allohning hukmi ostidamiz!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.