Turkiya-Isroil oʻrtasidagi quvur shartnomasi joriy yilda nihoyasiga yetadi

749
0

Turkiya-Isroil oʻrtasidagi quvur shartnomasi joriy yilda nihoyasiga yetadi

Turkiyaning energetika va tabiiy manbalar vaziri Barot Albayrak 22 Jahon neft Kongressi doirasida Istanbulga kelgan vazirlar va sanoat vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi. Kongressda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson, Rossiyaning energetika vaziri Aleksandr Novak va boshqa bir qancha davlatlarning vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazgan Albayrak energiya diplomatiyasi orqali Turkiyaning energiya sohasidagi rolini mustahkamlayotganligini daʼvo qildi.

Shuningdek Albayrak uchrashuvlar doirasida Isroil energetika vaziri Yuval Shtaynits bilan ham uchrashib, Turkiya-Isroil oʻrtasidagi energiya loyihalarini muhokama qildi. Shtaynits uchrashuvdan soʻng qilgan nutqida Turkiya va Isroil oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni normallashtirish va rivojlantirish kontekstida energetika sohasi muhim ramzga aylanganligini bildirdi.

“Kelgusi davrda Shimoliy dengizdagi resurslarning oʻrnini Sharqiy Oʻrta yer dengizi egallashiga ishonchimiz komil. Yevropa Sharqiy Oʻrta yer dengizidan tabiiy gaz oladi va ushbu mintaqa ishonchli manbaga aylanadi. Biz ikki muhim quvur loyihasi ustida qizgʻin muzokaralar olib bormoqdamiz. Ulardan biri Turkiyadir, Turkiyaning ichki isteʼmoli uchun hamda Yevropaga tabiiy gaz uzatish uchun Isroildan Turkiyaga choʻzilgan bir quvur yotqizish istagimiz bor. Ikkinchisi Janubiy Kipr va Yunoniston orqali Italiyagacha choʻziladigan quvurdir”, dedi Shtaynits.

Shtaynits ikki quvurni ham taʼminlash uchun Isroil yetarli miqdorda tabiiy gaz resurslariga ega ekanligini bildirar ekan, Turkiya-Isroil oʻrtasidagi muzokaralarni jadallashtirish uchun turk hamkasbi Albayrak kelgusi oylar ichida Isroilga safar qilishini bildirdi.

“Turk hamkasbim janob Barot Albayrak bilan samarali uchrashuv oʻtkazdik. Toʻrtinchi tur muzokaralar natijasiga koʻra, oʻzaro muzokaralarni tezlatishga va shu yilning oʻzida Turkiya va Isroil oʻrtasidagi quvurining qurilishi borasida hukumatlararo qatʼiy bitimni nihoyasiga yetkazishga qaror qildik. Umid qilamanki, janob Albayrak shu yilning oxiriga qadar bu muzokaralarni jadallashtirish uchun Isroilga safar qiladi”, dedi Isroil energiya vaziri Yuval Shtaynits.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.