Rossiya xavfsizlik xizmatining yolgʻon tashviqotlari

826
0

Rossiya xavfsizlik xizmatining yolgʻon tashviqotlari

2017 yil 19 iyunda axborot vositalaridan biri Roman Silantьev bilan oʻtkazgan intervьyusini nashr qildi. Din olimi, deyilayotgan bu kimsa islomofobiya yolgʻonlari haqida safsata sotib, “Hizb ut-Tahrir, shubhasiz, terroristik partiya”, “Britaniya va Ukrainada bu hizb taqiqlanmagan, chunki bu hukumatlar bu partiyadan oʻz manfaatlari uchun qanday foydalanishni biladilar”, dedi. Odamlarni oʻz yolgʻonlariga laqillatish maqsadida Silantьev “Ukrainada Hizb ut-Tahrirning yirik bazasi bor”, dedi.

Biz Hizb ut-Tahrirning terroristik partiya emasligini, bu rus Federal xavfsizlik xizmati toʻqigan yolgʻon ekanini koʻp bor taʼkidlab kelganmiz. Hizbni “terrorizm”ga bogʻlashda birorta ham dalillari yoʻq boʻlgani kabi, uning terroristik amaliyotlarda ishtirok etganlik haqidagi iddiolari ham faqat bitta narsaga asoslangan, xolos. U ham boʻlsa, 2003 yil Rossiya oliy sudi chiqargan Hizb ut-Tahrirni terroristik tashkilotlar roʻyoxatiga qoʻshish qaroridir.

Shuning uchun ham, Rossiyadagi siyosiy mahbuslarning teng yarmi Hizb ut-Tahrir aʼzolarini tashkil qilmoqda. Xavfsizlik xizmati yolgʻonlarini, Kremlga qarashli “RT” telekanalining oʻzi ham fosh qilib qoʻymoqda. Masalan, bu kanal Hizb ut-Tahrirning Britaniyadagi matbuot vakiliga koʻp bor mezbonlik qilgan va programmalarida Hizb aʼzolarini siyosiy islomiy partiya aʼzolari oʻlaroq taqdim etgan.

Tabiiy savol tugʻiladi: Bugun Roman Silantьev bilan suhbat uyushtirish nega kerak boʻlib qoldi? Javob shuki, bundan 15 kun muqaddam Moskva harbiy sudi Hizb ut-Tahrirning besh nafar aʼzosi ustidan hukm chiqardi. Beshovlon yigit oʻzlarini Hizb ut-Tahrir aʼzolari ekanliklarini yashirmadilar va ushbu partiyani terroristik tashkilotlar roʻyxatiga mutlaqo qoʻshib boʻlmasligini, bunga hech qanday dalil yoʻqligini qattiq turib taʼkidladilar. Ularning advokatlari oʻz mijozlariga qarshi terroristik faoliyat qilgan, deya koʻrsatilayotgan ayblovlar gʻirt insofsiz-asossiz ekanini besh soat davomida isbotladi hamda beshovlon yigitning aybsiz ekanliklariga ishonarli dalillar keltirdi. Biroq Moskva harbiy tribunali bulardan koʻz yumdi va Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 205 modda 5-1 bandi (Rossiyada terroristik hisoblangan tashkilot faoliyatlarida qatnashganlik) asosida yigitlarni aybdor, deya hukm chiqardi! Amirxan Numonchonovni 15 yilga, Alisher Xuseynovni 15 yarim yilga Suxrob Ironovni 17 yilga, Naimdjon Xoʻdjayekovni 18 yilga, Mirzobaxovvadin Kurbonovni 16 yilga qattiq tartibdagi koloniyaga hukm qildi.

Bundan bir hafta oldin esa, Urainaning Odessa shahri Apellyatsiya sudi Odessa sudining Hizb ut-Tahrir aʼzosi Ildar Valiyevni qamoq jazosiga hukm qilishga oid qarrorini bekor qilgan edi. Ildar joriy yil 25 mayda “terroristik” tashkilotga aʼzolik ayblovi bilan rus xavfsizlik xizmati tomonidan Interpol qidiruviga berilgani bois Odessa aeroportida hibsga olingan edi. Biroq sudьyalar Ildar himoyachisining ham, prokurorning ham soʻzlarini tinglagach, bu sudlanuvchining ham, Hizb ut-Tahrirning ham terrorizmga aloqasi yoʻqligi bois uning darhol ozod etilishi toʻgʻrisida hukm chiqardi.

Ikkala sud qarori ham Rossiya axborot vositalarida xabar qilindi va bu oʻz-oʻzidan turli savollar keltirib chiqardi. Buning javobi uchun oddiy haqiqatni bayon qilishimizning oʻzi kifoya. Yaʼni Rossiya Federal xizmati “terrorizmga qarshi kurash” stsenariysini yaratadi, bu unga nafaqat millionlab dollar keltiradi, balki shu bilan birga, yurtda uning siyosiy taʼsirini ham kuchaytiradi. Shuning uchun bu xizmat yuzaga kelgan mazkur savolga javob berish maqsadida Silantьev singari “din olim”lari bilan uchrashuvlar uyushtirmoqda, shu orqali oʻzining Hizb ut-Tahrirga qarshi sodir etayotgan jinoyatlari odamlarga fosh boʻlishini oldini olishga urinmoqda.

Alloh Taolo bunday deydi:

“Kufr yoʻlini tutgan kimsalar ularga bergan muhlatimizni zinhor oʻzlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Balki biz ularga faqat gunohlarini ziyoda qilishlari uchungina muhlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob bordir” [Oli Imron 178]

Hizb ut-Tahrirning

Rossiyadagi matbuot boʻlimi

Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.