Makkeyn: AQSh Afgʻonistondagi urushda yengildi

757
0

Makkeyn: AQSh Afgʻonistondagi urushda yengildi

 “Sputnik” bergan xabarga koʻra, Vashington Afgʻonistonda oʻtkazib kelayotgan harbiy operatsiyalarda yengilmoqda, dedi CBS News telekanali efirida Amerika senatining qurolli kuchlar boʻyicha qoʻmitasi rahbari Jon Makkeyn.

 “Bizda strategiya yoʻq. Biz yengilayapmiz”,- deb taʼkidlagan Makkeyn.

 Makkeyn, shuningdek, Afgʻoniston milliy armiyasi “yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan yoʻqotishlarni boshdan kechirayotgani” haqida qoʻshimcha qilgan. Respublikachi-senator bu yerda bor muammo ayni vaqtda “tartibsizliklar moʻl boʻlgan” Oq uyga borib taqalishini qoʻshimcha qilgan.

Oʻtgan haftada Makkeyn bir guruh kongressmenlar boshchiligida Afgʻonistonga safar qilgan edi. Shu safar yakunida Makkeyn Vashington va uning ittifoqdoshlari tomonidan Afgʻonistonda 16 yildan beri amalga oshirilib kelayotgan operatsiyalar hozircha kutilgan natijani bermaganligini aytgan.

 Shu bilan birga, u, rasmiy Qobulga qarshi qurollangan muxolifatchi toliblarga qarshi kurash davom ettirilishi kerak, deb fikr bildirgan.

 Amerikalik yana bir senator Lindsi Grem esa “toʻxtab qolishni zafarga aylantirish uchun” Afgʻonistonda NATO kuchlari va Amerika harbiylari soni koʻpaytirilishi kerak, degan fikrda. Senatorning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda mamlakatda boʻlib turgan kontingent, yaʼni 8,6 ming harbiy xizmatchilar “oʻz vazifasini bajara olmaydi”.

 AQSh 2001 yildan beri Afgʻonistonda harbiy operatsiyalarni amalga oshirib, mahalliy hukumatga “Tolibon” hamda “Islom davlati”ga qarshi kurashda yordam berib kelmoqda. 2015 yilning 1 yanvaridan NATO Afgʻonistonga oʻzining yangi – “Qatʼiy koʻmak” missiyasini yuborgan.

 Bugungi kunda Afgʻonistonda 10 mingga yaqin Amerika harbiylari mavjud boʻlib, ular mahalliy xavfsizlik kuchlariga yordam berib, terrorchilarga qarshi operatsiyalarni oʻtkazib kelmoqda.

 AQSh Milliy razvedka xizmati boshligʻi Deniyel Kouts fikricha “bularning barchasiga qaramay, mamlakatdagi vaziyat tobora yomon tus olmoqda va toliblar yangi-yangi hududlarni zabt etishmoqda”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.