Yilmaz irodasini sindiramiz, deb oʻylagan togʻutlar noumidlikka tushadilar!

702
0
Yilmaz Celik, the official spokesman of the Turkey branch of Hizb-ut Tahrir, or Liberation Party, speaks to the Associated Press in Ankara, Turkey, Monday, March 23, 2009. Celik was released from prison last month pending his trial on terror charges, and says he will not be welcoming U.S. President Obama when he arrives for a scheduled visit which some people are heralding as a milestone in American relations with this strategically critical Muslim country. (AP Photo/Burhan Ozbilici)

Yilmaz irodasini sindiramiz, deb oʻylagan togʻutlar noumidlikka tushadilar!

Yaqinda Anqara politsiyasining bir guruh xodimlari Ramazon kuni birodarimiz Yilmaz Chelikni iftorlik dasturxoni ustida hibsga olib qamoqqa tashlashdi. Shunday muborak oyda, ulugʻ hayit arafasida musulmonlar guvoh boʻlgan bunday zulm, jinoyatkorlar peshonasidagi oʻchmas qora dogʻ boʻlib qoladi, albatta. Yillar davomida Islom daʼvatini yelkasida koʻtarib kelgan Yilmaz Chelik Hizb ut-Tahrirga qarshi olib borilayotgan qator adliya repressiyasi qurbonlaridan biri, xolos.

U avval ham mana shunday zolimona, noqonuniy tarzda bir necha bor hibsga olinib, qamoqqa tashlangan edi. Shunday muborak kunlarda uning qamoqqa olinishiga bahona boʻlgan ikkita alohida ish ham qaygʻuli va ham kulgilidir. Masalan, 2005 yilda Yilmaz Chelik Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi rasmiy notigʻi oʻlaroq, fuqarolik tashkilotlariga va rasmiy muassasalarga muborak Ramazon hayiti munosabati bilan tabriknoma yoʻllaydi. Biroq oʻsha paytda Anqara savdo palatasi raisi boʻlgan Sinan Aygun shikoyatiga binoan, Yilmaz aybdor deb topilib, zimdan yetti yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi. Keyin Hizb ut-Tahrir asosan, “parallelь struktura”ga malay boʻlgan axborot vositalari tomonidan uydirmalarga duch kelgan paytda, Yilmaz bunga qarshi chiqib, kamera orqali buni qoralaydi, haqiqatdan mutlaqo yiroq boʻlgan uydirmalarni sharmandasini chiqaradi. Ana shunda yana u aybdor deb topilib, 2009 yilda zimdan yetti yarim yillik qamoq jazosi chiqariladi.

Bugun konstitutsion sud “Ergenekon” tashkiloti boʻyicha qamoq jazosi berilgan kimsalarning shaxsiy iltimosnomalarini darhol qabul qilib, kechiktirmasdan ozod qilmoqda, ozod qilish ham qola-qolib, hatto ularga yetkazilgan zarar uchun millionlab lira tovon ham toʻlayapti. Ammo Yilmaz Chelik iltimosnomasi bir necha yildan beri konstitutsion sud tokchasida chang bosib yotibdi! Bugun ayni sud ilmoniylar va kamolchilar ishini darhol qayta koʻrib chiqib, ularga birin-ketin oqlov hukmi chiqarayotgan bir paytda, Yilmaz Chelik ishini qayta koʻrishdan bosh tortmoqda! Hizb ut-Tahrirga nisbatan adolatsiz sud va dushmanona qonun mana shudir. Bunday sharmandali vaziyat oʻsha zolimlarni yomon oqibatga olib borishi tayin.

Biz shu yerdan turib, hokimiyat organlariga, masʼullarga va ayni zulmda qoʻli bor har bir kimsaga bunday deymiz: Sizlar uzoq yillardan beri “terrorizm” ayblovi bilan musulmonlar ustidan hukm chiqarib, uni ijro etib keldingiz. Biroq, Yilmaz Chelikning va boshqa birorta Hizb ut-Tahrir aʼzosining “terrorizm” faoliyati bilan shugʻullanganligi toʻgʻrisida birorta dalilga ega emassiz! Hizbning har bir aʼzosi zoʻravonlikning har qanday turini qoralaydi, siz boʻlsa, ularni “terroristik tashkilot aʼzolari”, deya sifatlab, bostirdingiz. Oʻtgan yillarda shu kabi ishni Islom dushmani boʻlgan kamolchilarga qoʻlladingiz! Keyin yillar oʻtib, xuddi shunday ishni Fathulloh Gulen harakatidagi oʻzingizning eski doʻstlaringizga qarshi qoʻlladingiz! Keyin yana bir qancha vaqt oʻtib, ayni jinoyatlaringizga yordam beradigan kimsalarni topdingiz!

Ey zolimlar!

Allohdan qoʻrqmaysizmi?! Bir kun tugashingiz haqida fikrlamaysizmi?! Agar Yilmaz Chelik irodasini sindiraman, deb oʻylayotgan boʻlsangiz, ovora boʻlasiz! Bu kabi zulmingiz, daʼvatda birodarimiz shijoatiga shijoat qoʻshadi, chunki u ismi jismiga monand (Chelik-poʻlat)dir. Bu qilmishingiz Islom yoʻlida daʼvat olib borayotgan qolgan birodarlarimiz irodasini poʻlatdek yanada mustahkamlaydi! Siz esa, bunday jinoyatlaringiz uchun ertaga hisob kunida albatta javob berasiz.

“Siz hargiz: “Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan gʻofil”, deb oʻylamang! Faqat Alloh ularni(ng jazolarini) koʻzlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qoʻrqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos” [Ibrohim 42]

 Hizb ut-Tahrirning

Turkiyadagi matbuot boʻlimi

Web: www.hizb-turkiye.org

E-Mail: bilgi@hizb-turkiye.org

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.