Shoygu: Rossiya Tojikiston va Qirgʻizistondagi harbiy bazalarini kuchaytiradi

1028
0

Shoygu: Rossiya Tojikiston va Qirgʻizistondagi harbiy bazalarini kuchaytiradi

“RIA Novosti” axborot agentligi xabariga koʻra, Rossiya Tojikiston va Qirgʻizistondagi harbiy bazalarini yangi qurol-aslahalar bilan kuchaytiradi. Bu orqali Afgʻonistondagi terrorchilik faolligining Markaziy Osiyo mintaqasiga koʻchishiga toʻsqinlik qilish koʻzda tutilgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bergan bayonotida maʼlum qilgan.

“Rossiya mudofaa vazirligi terrorchilik faolligini Afgʻonistondan Markaziy Osiyo mintaqasiga koʻchishining oldini olish uchun barcha choralarni koʻradi. Shu maqsadda, Tojikiston va Qirgʻizistondagi harbiy bazalarimiz jangovar tayyorligini kuchaytiramiz. Ularni zamonaviy qurollar va harbiy texnika bilan taʼminlaymiz”,- degan Shoygu ShHT mamlakatlari mudofaa vazirlarining Ostonada boʻlib oʻtgan yigʻilishida.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining qurolli kuchlariga yordam beradi.

Avvalroq, Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini “Uragan” raketa tizimlari bilan jihozlagani haqida xabar qilingan edi.

Turkiston:

Afgʻonistonda shu yilning boshidan buyon 6 marotaba qoʻporuv amaliyoti sodir etildi. Ushbu qoʻporuv amaliyotlari oqibatida jami 277 kishi halok boʻldi. Nahotki, shuncha qurbon faqat Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi harbiy bazalarini kuchaytirish uchungina berilgan boʻlsa?!

Shoyguning bir tomonlama berayotgan bayonoti Qirgʻiziston va Tojikiston hokimyatining ushbu masala boʻyicha fikri va pozitsiyasi uning nazarida zigʻircha qadri yoʻqligini koʻrsatib turipti. Afgʻonistondagi bir necha yillardan buyon amalga oshirilib kelinayotgan qoʻporuv amaliyotlari Avgʻon, Oʻzbek va Qirgʻiz xalqlarini vahimaga solish va ularda tashqi kufr kuchlari himoyasiga muhtoj ekanlariga ishonch ruhini paydo qilish uchun amalga oshirilib kelinmoqda. Oxirgi vaqtlarda televideniya va ijtimoiy tarmoqlar vositasida tarqatib borilayotgan Tojik va Qirgʻiz tillaridagi provokatsion matbuot hujumlarining kuchayib borayotgani bunga misol boʻla oladi.

Rossiya AQSh bilan hamkorlikda Avgʻonistonga yana urush urugʻini sepa boshladi. Oʻrta Osiyo davlatlarini, xossatan hozircha Tojikiston va Qirgʻizistonni mutloq harbiy mustamlakasiga aylantirib olmoqchi boʻlyapti. Rossiya bu bilan, xuddi shimoliy Koreya rejimini zimdan qoʻllab turgan AQShning janubiy Koreyada juda katta harbiy bazasini saqlab turish siyosiy strotegiyasiga oʻxshash holatni paydo qilmoqchi boʻlyapti. AQSh Shimoliy Koreya vositasida yana Yaponiya va Xitoyni ham doimiy vahimada ushlab turadi. Bu mavjud xalqaro siyosatda gʻirrom yoʻl bilan mamlakatlarni harbiy mustamlaka qilish taktikasi boʻlib, deyarli barcha mustamlakachi davlatlar bir xil yoki bir biriga oʻta oʻxshash uslublar qoʻllab kelishadi.

Kufr sistemasida harbiy mustamlaka uslublarini kuzatib kelgan tajribadan kelib chiqib tahlil qiladigan boʻlsak, Rossiya endi Tojikiston yoki Qirgʻiziston xududlarida qoʻporuv amaliyotlari uyushtirishga harakat qiladi. Buni ular islomiy harakatlar nomidan yoki ular vositasida amalga oshirishga harakat qilishadi. Maqsadlari, jamoatchilikni vahimaga solib, ustimizga kelayotgan harbiy mustamlakachilik yurishlarini maqullashimizni qoʻlga kiritishdir. Hatto ularni olqishlab, qoʻllab yuborish bilan jamoiy yordam koʻrsatib yuborishimizni ham umid qilishadi. Shu maqsadda ular Avgʻon xalqini portlatib kelishyapti! Turkiyani Suriya mujohidlariga qarshi qoʻyish uchun turk xalqini portlatishyapti! Rus xalqini Oʻrta Osiyo muhojirlaridan vahimaga solish maqsadida, bizning millatdoshlarimiz nomidan rus xalqini portatib yuborishyapti! Angliya islomiy migratsiyani cheklash va islomiy qadriyatlarga qarshi kurashishga muhit yaratish uchun oʻz xalqini portlata boshladi! Nahotki bu ommaviy qirgʻin qilayotgan qotillarni toʻxtatib qoʻyishning iloji boʻlmasa?!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.