Yevropa sudi muslimalarni diskriminatsiya qilishga ruxsat bermoqda

511
0

Yevropa sudi islomiy libos kiyganlari uchun muslimalarni diskriminatsiya qilishga ruxsat bermoqda

2017 yil 14 mart seshanba kuni Yevropa sudi qabul qilgan qarorga koʻra, ish beruvchilar bundan buyogʻiga ishchilarning ishda diniy koʻrinishdagi libosda yurishlarini, jumladan, muslimalarning islomiy roʻmol oʻrashlarini taqiqlash huquqiga ega boʻlganlar. Sud bayonotida har qanday shirkatning diniy ramzdagi kiyimni taqiqlash uchun chiqargan ichki qonuni bevosita diskriminatsiya hisoblanmasligi aytilgan. Bu hukm Frantsiya va Belgiyada ikki muslimaning roʻmolni yechishdan bosh tortganlari sababli ishdan boʻshatilishi voqeasiga javoban chiqarildi. Yevropa sudi ushbu ajnabiylarni diskriminatsiya qiluvchi hukm orqali ilmoniylikning diniy ozchilik huquqini himoya qilishga yaroqsiz tuzum ekanini yana bir bor isbotladi. Haqiqatdan ham bunga oʻxshash diskriminatsiya va diniy toqatsizlik ilmoniy ideologiyaning genetikasida mavjud. Bunga dalil, hijob kiyish, niqob taqish va masjid mezanalari kabi bir necha islomiy eʼtiqodlar dunyo boʻylab bir necha ilmoniy davlatlarda taqiqlanganidir. Navbatdagi Yevropa sudi qarori Yevropadagi muslima ayollarga nisbatan, ayniqsa, ularning ishga joylashishi bilan bogʻliq qiyinchiliklarni tugʻdirmoqda hamda agar muslimalar Islom ahkomlariga muvofiq kiyinishni istasalar, ishdan boʻshatiladi, degan mujdani bermoqda. Bundan ochiq koʻrinib turibdiki, muslima xotin-qizlarga zulm qilib, jamiyatda faol rolga ega boʻlish huquqidan ularni mahrum etayotgan Islom emas, aksincha, repressiyachi ilmoniy tuzumdir. Aynan shu tuzum xotin-qizlarni ikki narsadan birini, yo oʻzlaridagi diniy ishonch va qanoatlarini yoki mehnat qilib, roʻzgʻor tebratish huquqini tanlashga majbur qilmoqda.

Ilmoniy hukumatlar va muassasalarning odatiga aylanib qolganidek, Yevropa sudi ham musulmonlarga nisbatan xalq toqatsizligiga ruxsat berib, uni qabul qilmoqda. Aslida esa, uning bu narsalarga qarshi kurshishi lozim edi. Bu esa, ilmoniy tuzumda xavf-xatarlar yashiringanini, oldindan bir nima deb boʻlmasligini, chunki diniy ozchilik huquqi hokimiyat va suddagi mutaassib-toqatsiz rahbarlarning rahm-shafqatiga bogʻliq qilib qoʻyilganini, ular oʻzlarining zolim nafs-havolariga koʻra, bu huquqlarni rad qilishlari mumkinligini koʻrsatib turibdi.

Muslima ayollarni oʻz islomiy eʼtiqodlarini tark qilishga va ilmoniy shaxsga aylanishga majbur qilayotgan bunday ilmoniy jamiyat “muhandisligi” Gʻarbdagi kuchli islomiy manzaralarga qarshi kurashish uchun Gʻarb hukumatlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan omadsiz chora-tadbirlarning navbatdagisi, xolos. Albatta, bu kabi diniy islomiy qoidalarni taqiqlash va diskriminatsiya qonunlari chirib borayotgan ilmoniy tuzumning fikran zaifligini fosh qilmoqda. Bu tuzum kuchli hujjatni oʻrtaga tashlab, oʻzining eʼtiqodiga musulmonlarni ishontirish-qanoatlantirishda omadi chopmadi. Shuning uchun ham mana shunday taqiqlarga oʻtishga majbur boʻlmoqda. Yevropa sudining ushbu qarori Yevropa davlatlarida yashovchi muslima xotin-qizlarga tamgʻa yopishtirishdan boshqa narsa emas. Chunki bu narsa ularga qarshi sodir etilayotgan nafrat jinoyatlarining keng tarqalishiga hissa qoʻshmoqda. Xoʻsh, qanday qilib biror bir tuzum diniy ozchilikni diskriminatsiya qiluvchi jazolarga ruxsat beradi, qanday qilib, ayollarni diniy eʼtiqodlari sababli jamiyatdan ajratib, ularning asosiy diniy huquqlarini ajnabiylarga dushmanlik kayfiyatidagi xalq istaklariga moslashtirishga urinadi?! Bunday rejimning jamiyatni boshqara olishiga qanday qilib ishonish mumkin?!

Buning mutlaqo aksi oʻlaroq, Allohning izni ila, yaqinda barpo boʻlajak Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikda gʻayrimusulmonlar haq-huquqlari Shore Subhanahu va Taolo nususlarda aytganidek himoya qilinadi, birorta ham insoniy aql ajratish va diskriminatsiya degan narsani hatto oʻylamaydi ham, musulmonlar qanday huquqqa ega boʻlsalar, gʻayrimusulmonlar ham shunday huquqqa ega boʻladilar, ularga oʻz diniy ibodat va anʼanalariga amal qilishlariga qoʻyib beriladi, bu xususda davlat tomonidan ham, biror musulmon tomonidan ham ularga tazyiq oʻtkazilmasligi taʼminlanadi. Chunki Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati zimmasiga gʻayrimusulmonlarni himoya qilib, ularga eʼtiqodlari sababli biror ozor yetishiga yoʻl qoʻymaslik majburiyati yuklangan. Shuning uchun ham mana shunday davlatning odilligi va insofliligi sababli gʻayrimusulmonlar Allohning diniga toʻp-toʻp boʻlib kiradilar, ular Islomga majbur qilinish yoki diniy ishlariga amal qilishdan man etilish sababli kirmaydilar. Shunday ekan, “diniy ozchilik”, deyishayotgan inson huquqlari qay bir tuzumda himoya qilingan ekan, Allohning huzuridan kelgan tuzumdami yoki inson oʻzi oʻylab topgan tuzumdami? Bashariyatni boshqarishda haq va adolatni roʻyobga chiqargan qaysi tuzum ekan? Shubhasiz, u Robbul olamin tuzumidir, boshqa tuzum emas.

Bugungi qiyin zamonda biz Yevropada va barcha Gʻarb davlatlarida yashayotgan opa-singillarimizni islomiy libosga rioya qilishda ham, boshqa islomiy farzlarni bajarishda ham mahkam sobit turishga va berilajak mukofotlarga koʻz tikishga daʼvat qilamiz. Zero, bu mukofotlarni tasavvur qilib boʻlmaydi va bu mukofotlar dinlarida sabot bilan turgan muslimalarni jannatda muntazir boʻlib kutib turibdi.

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi mudirasi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.