Sadir Japarov qamoqqa olindi

440
0

Sadir Japarov qamoqqa olindi

Jogorku Keneshning sobiq deputati Sadir Japarov bir necha yil xorijda yashaganidan soʻng 25 mart kuni Qirgʻizistonga qaytayotgan vaqti qirgʻiz-qozoq chegarasida Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

MXDQ bergan xabarga koʻra, unga qarshi jinoyat kodeksining 227- moddasi (garovga olish), 113-moddasi (oʻldirish bilan tahdid qilish), 341-modda (hukumat vakiliga nisbatan kuch qoʻllash) va 234- (bezorilik) moddalari asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

“2013 yilning 7 oktyabr kuni Qorakoʻl shahrida boʻlib oʻtgan miting vaqtida norozilik aktsiyasi ishtirokchilari hukumatning Issiqkoʻl viloyati boʻyicha sobiq vakili Emilbek Kaptagayevni viloyat davlat maʼmuriyati binosi oldida toʻxtab turgan avtomashinaga kuch bilan solib, garovga olishgan. Tergov davomida guvohlar bergan maʼlumotga koʻra, Sadir Japarov mitingni uyushtirib, telefon orqali kelishilgan reja amalga oshmaguncha Kaptagayevni ushlab turishga buyruq bergan”,- deyiladi MXDQ tarqatgan xabarda.

Oʻz navbatida, Sadir Japarovning tarafdorlari uni ozod qilinishini talab qilib MXDQ binosi oldida norozilik namoyishi oʻtkazishdi. Xabarlarga koʻra, norozilik namoyishida 500-600ga yaqin odam ishtirok etishgan.

Namoyish vaqtida norozilik aktsiyasi ishtirokchilari va militsiya oʻrtasida toʻqnashuv kelib chiqqan. Militsiya namoyishchilarni tarqatish uchun maxsus vositalardan foydalangan.

IIV tarqatgan xabarga koʻra, norozilik namoyishining 68 ishtirokchisi qoʻlga olinib, Birinchi may tuman militsiya boʻlimiga olib kelingan.

Bishkek shahar IIB boshligʻi Samat Kurmankulov bergan maʼlumotga koʻra, qoʻlga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining “bezorilik”, “militsiya xodimiga qoʻl koʻtarish”, “mulkka ziyon yetkazish” moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ularga nisbatan ehtiyot chorasi tergovdan soʻng maʼlum boʻladi.

Turkiston:

Qirgʻizistonda yana siyosiy keskinlik kuchayib boryapti. Mazkur sistemaning siyosiy liderlari oʻrtasidagi bu qarama-qarshiliklar avval ikki marotaba boʻlib oʻtgan davlat agʻdarishlaridan deyarli farq qilmaydi. Chunki avvalgi xalq qoʻzgʻalonlari ham, endi kutilayotgani ham, sistemani oʻzgartirishga qaratilgan emas. Inqilobiy qoʻzgʻalonlar esa, mavjud boshqaruv sistemasini ikkinchi boshqa mafkuraga asoslangan boshqaruv sistemaga oʻzgartirish maqsadida olib boriladi. Demak, Qirgʻizistonda yuz berayotgan navbatdagi toʻpalonlar faqat bir ilmoniy sistema ichidagi bir necha yetakchi guruhlar oʻrtasida yuz berayotgan hokimiyat talashishdan oʻzga narsa emas.

Islom va musulmonlar manfaatidan kelib chiqib qaraydigan boʻlsak, bu toʻpalonlarni bizga hech qanday aloqasi yoʻq. Xalq manfaati tomondan qaraganimizda ham, xalq uchun birinchi va ikkinchi davlat agʻdarilishi singari endi kutilayotganining ham hech qanday foydasi boʻlmaydi. Har gal davlat agʻdarilishidan avval, muxolif boʻlib olgan yetakchi guruh vakillari bir qancha xalq manfaatlarini roʻyobga chiqarib berishni vaʼda qilishadi. Lekin taxtga oʻtirib olishgach, ilgarigilaridan deyarli farq qilishmaydi.

Islom va musulmonlarga nisbatan munosabatlari ham deyarli oʻzgarmaydi. Chunki, Qirgʻiziston dunyo siyosati va sistemasining kuchli taʼsiri ostidagi mamlakatlar safida turadi. Yetakchi davlatlar Qirgʻizistonga bosim oʻtkazib, eng manfaatli tarmoqlarini va tabiiy boyliklarini oʻzlashtirib olishgan. Masalan Ular – “Qumtor”, “Qirgʻizgaz”, “Dastan” “Jer uy” va shular kabi dalat manfaatlarini aynan shu yetakchi guruh vakillari vositasida oʻzlashtirib olishgan.

Shuning uchun biz Islomiy, Iymoniy muhit vakillari, Islomiy manfaatlarga begona boʻlgan bu toʻpalonlarda ishtirok etmaymiz. Sodir boʻlayotgan jarayonlarga nisbatan esa, – bu jarayon biz va biz javobgar boʻlgan musulmon fuqorolar ustida borayotgani uchun – aholining tub manfaatlarini belgilab, siyosiy jarayonlarda ishtirok etib borishga majburmiz. Lekin bu siyosiy harakatlarimiz Islomiy sharʼiy manfaatlarimiz va uning chegaralaridan tashqariga chiqib ketmasligini qattiq nazorat qilib boramiz. Insha Alloh yuzaga kelayotgan har bir jarayon Islom va musulmonlar uchun manfaatli boʻladi. Buning uchun har bir siyosiy harakatimizni Islomiy Aqida asosida olib borishimiz kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.