Trampning Islomga qarshi siyosati Ternbullni qanoatlantirmoqda

476
0

Trampning Islomga qarshi siyosati Ternbullni qanoatlantirmoqda

Kecha Avstraliya bosh vaziri Malkolьm Ternbull va bir necha vazirlar Amerika prezidenti Donalьd Trampning ochiq-oydin musulmonlarga qarshi qarorlarini katta hayajon bilan qoʻllab-quvvatlashdi. Maʼlumki, Trampning ushbu qarorlari Amerikaning qochqinlarni qabul qilishni toʻxtatishini hamda aksar aholisi musulmon yurtlardan kelgan muhojirlarga turli cheklovlar belgilashini oʻz ichiga oladi.

Biz Hizb ut-Tahrir-Avstraliya aʼzolari Trampning tajovuzkor siyosatini qoralab, Avstraliya hukumatining bunday qoʻllab-quvvatloviga norozilik bildirgan holda, quyidagilarni taʼkidlaymiz:

Bunga oʻxshash siyosatlarni yangi Tramp maʼmuriyatidan kutsa boʻladi, bu tasodif emas, albatta. Chunki bu – ayniqsa, masala musulmonlar bilan bogʻliq ekan, Amerika siyosatidagi ogʻmachilik emas. Balki bu ilgari Bush va Obama maʼmuriyatining kun tartibiga aylangan siyqasi chiqqan “terrorizmga qarshi kurash” deya nomlangan bahonaning davomi, xolos. Zero, Tramp Eron, Iroq, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yamandan iborat olti davlatni nishonga olmoqda. Maʼlumki, bu davlatlarning bir nechtasi Amerikaning bombardimonlariyu agressiyasi bilan vayron etildi. Mana shuning oʻzi, butun dunyodagi zoʻravonlik va beqarorlikning asosiy sababi Gʻarbning tashqi siyosati ekaniga yaqqol dalolat qilib turibdi. “Terrorizmga qarshi kurash”, degan narsa mazkur choralarga kiydirilgan niqobdan oʻzga narsa emas. Maqsad, Gʻarb davlatlarini oʻzlari amalga oshirayotgan terrorning dahshatli oqibatlari javobgarligidan qutqarib, uni qurbonlarga yuklashdir.
Avstraliya hukumatining bunday siyosatni qoʻllab-quvvatlashi ham kutilmagan hol emas, albatta. Amerika, ayniqsa yahudiylar davlati sodir etgan gʻayriinsoniy siyosatni bu hukumatning koʻr-koʻrona qoʻllab-quvvatlashi koʻp takrorlangan. Aslida, Ternbull, Datton va Morrison kabi avstraliyalik siyosatchilar Tramp qarorlarini boshpana izlab kelgan xorijliklarga qarshi qoʻllayotgan qattiqqoʻl va shafqatsiz qonunlari uchun bir davomat oʻlaroq baholashmoqda. Masalan, Ternbull Trampni qoralash oʻrniga, Amerika-Avstraliya oʻrtasidagi buyuk va mustahkam munosabatlarni ulugʻlashga oʻtdi hamda Tramp qaroriga oid oʻziga berilgan savollarga boshqa davlatlar siyosatlariga “Izoh berish mening ishim emas”, dedi. Savol tugʻiladi: U holda, atigi oʻtgan yilning oʻzida u bir necha yigʻinlarda nega Xitoy, Shimoliy Koreya, Rossiya va Filippin siyosatlarini qoraladi?!
Bosh vazir Amerika koʻrayotgan choralarni qoralashi kerak edi. Chunki Amerika shu choralar orqali maʼlum bir tabaqani nishonga olgan boʻlib, oʻzining iblisligiga qarab ketmoqda. U shaxslarni zoʻravonlik bilan javob berishga undamoqda. Chunki urushlar ochish, mustabid hukmdorlarni qoʻllab-quvvatlash, ochkoʻz iqtisodiy ekspluatatsiya qilish kabi musulmonlarga nisbatan ochiq dushmanlik, aftidan, Gʻarbga kamlik qilayotgan koʻrinadi. Mana, “terrorizmga qarshi kurash” dastagi ostida shunday choralar qabul qilish bilan olovga moy sepmoqda. Binobarin, bunday siyosatlarni ijro etganlar ham, qoʻllab-quvvatlayotganlar ham zoʻravon reaktsiyalar masʼuliyatini oʻz zimmalariga olishlari kerak. Masalan, oʻtgan yakshanba Kebik masjidiga hujum qilib, qurolsiz musulmonlar qonini toʻkish hodisasi mana shu zoʻravon reaktsiyalardan biridir.
Biz butun dunyodagi musulmonlarga yuksak baho beramiz. Chunki ularning aksari Amerika va ittifoqchilari sodir etayotgan ochiqdan-ochiq bostirish va hujum qilish siyosatlariga qarshi toʻla yigirma yildan beri kurashib kelmoqdalar. Ular oldindagi mashaqqatli pallalarda ham oʻz sabotlarini yoʻqotmasinlar. Avvalo, Alloh Subhanahuning Oʻziga suyanib, Islomga yordam bersinlar, haqiqiy mardlik pozitsiyasini mahkam ushlasinlar va siyosiy faoliyatlarini bundan ham koʻpaytirib, Alloh Subhanahudan sabot soʻrasinlar. Oldimizda butun dunyo boshiga gʻarblik ilmoniy liberallar solgan boshboshdoqlikdan qutulishning yagona yechimi Islom ekanini koʻrsatishimiz uchun har qachongidan ham bugun qulay fursat turibdi.781

Hizb ut-Tahrirning Avstraliyadagi matbuot boʻlimi

Telefon: +61 438 000 465

Elektron pochta: media@hizb-australia.org

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.