Turkiyadagi muhojirlar orasida deportatsiya xavotiri kuchaymoqda

409
0

Turkiyadagi muhojirlar orasida deportatsiya xavotiri kuchaymoqda

Turkiyaning Istambul shahridagi Reina tungi kulubiga uyushtirilgan hujum ortidan Oʻrta Osiyolik musulmon oilalarga nisbatan bosimlar kuchayib borayotgani aytilmoqda. Ular kutilmaganda majburan oʻz vatanlariga qaytarib yuborilishidan xavotirdalar. “Sharqiy turkiston vaqfi”ning bosh kotibi doktor Umar Qul Turkiyada Orta Osiyo va Sharqiy Turkistonlik musulmon oilalar oʻzlariga qarshi yomon munosabatdan tashvishga tushib qolganligini bildirdi.

Hatto BMTning Migratsion bosh maʼmuriyati roʻyxatidan oʻtib, uzoq yillardan buyon Turkiyada istiqomat qilib kelayotgan va hech qanday jinoyatga aralashmagan baʼzi Oʻrta Osiyolik muhojirlar ustidan ham deportatsiya qarori chiqarilganligi xabar qilinmoqda.

BMTning muhojirlar oliy komissarligi roʻyxatidan oʻtib, Turkiyaning Bilachik shahrida yashab kelayotgan Oʻzbekistonlik Ulugʻbek Xoldarov shular jumlasidan. U 7 yildan buyon belgilangan vaqtlarda Migratsiya idorasida borib, barcha qonun-qoidalarga rioya qilib kelayotganligi va shahardan hech qayoqqa ketmaganligi haqida imzo chekib kelayotgan boʻlishiga qaramay, uning ustidan deportatsiya qilinishi haqida qaror chiqarilgan.

Bu muhojirlarning deyarli barchasi oʻz diyorlarida biror jinoyatga qoʻl urib, soʻng qochib chiqqan kishilar emas. Balki faqat Islomiy koʻz qarashga ega boʻlganliklari uchungina vatanlarini tark etishga majbur boʻlgan insonlardir. Agar ular oʻz vatanlariga deportatsiya qilinsa, u yerda zulmlar, ogʻir qiynoqlar, hatto oʻlimga ham duch kelishlari mumkin. Oʻrta Osiyoda Islomiy hayot tarafdori boʻlgan va shunga targʻib qiladigan musulmonlar turmalar va zonalarda uzoq yillar davomida oʻta qiyin ahvolni boshlaridan kechirmoqda. Ayniqsa Oʻzbekiston va Tojikistonda Islomga daʼvat qilganlikda ayblangan mahbuslar belgilangan jazo muddatini oʻtab boʻlgandan soʻng yana qayta sud qilinib jazo muddati uzaytirib qoʻyiladi. Bu holat bir marta emas, bir necha marta takrorlanganligi kuzatilmoqda. Yuqumli kasalliklar va ogʻir qiynoqlar tufayli hayotdan koʻz yumgan mahbuslar haqida gapirmasa ham boʻlaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.