Kim oʻzini bir qavmga oʻxshatsa, bas u oʻshalardandir

1539
0

Kim oʻzini bir qavmga oʻxshatsa, bas u oʻshalardandir

Bugungi kunda musulmon yoshlari orasida keng tarqalib, ommaviy nishonlanayotgan “Valentin kuni” haqida gapirmoqchiman. Uning kelib chiqish tarixi xususida koʻp maqolalar yozilganligi sababli bunga toʻxtalib oʻtirmayman. Biroq, biz eʼtibor berishimiz kerak boʻlgan muhim jihat borki, bu nasroniy bayram boʻlishiga qaramay, nasroniylarning hammasi ham buni nishonlanadigan bayram deb eʼtibor qilmasligidadir. Yana bir muhim jihati bitta din vakili boʻla turib, bir qismi nishonlab, aksari nishonlamaydigan, bundan tashqari, nasroniy dini Islom nozil boʻlishi bilan hech qanday eʼtibori qolmagan holda biz musulmon farzandlariga uni nishonlashga targʻib qilinishidir. Bu kufrning yana bir fasodi boʻlib, musulmon avlodni buzishdan boshqa narsa emas. Chunki bir millatni buzish, mamlakatni tanazzulga olib kelishni eng sinalgan yoʻli, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongini shunday narsalar bilan zaharlashdan iboratdir.

Boshqa mafkura, oʻzga eʼtiqod va botil bayramlar orqali hissiyotga beriluvchan yoshlarni oʻz maqsadi sari yetaklashda shunday buzgʻunchi bayramlarni ommaviylashtirish orqali oson kechadi. Avvalo, bunday bayramlarga chiroyli nom beriladi; “Valentin kuni – sevishganlar bayrami”. Zoxiri chiroyli, ammo uning ichiga berkitilgan asl maqsad yashirin. Muhabbat soʻzi nozik tuygʻularni chertib yangrashi, alal-oqibat aqldan hissiyotni ustun sanaydigan avlodni sarosimaga solmay qoʻymaydi. Bunday hujumlar oʻz kurtagini ochib, musulmon yoshlar orasida shu kunni bayram qilib nishonlayotganlarni koʻryapmiz.

Bir ishga kirishishdan oldin inson albatta, uni oʻz aqliga solib koʻradi. Shu oʻrinda musulmonlik nuqtai nazaridan qarasak, Alloh taolo barcha insoniyat uchun Islomni din qilib tanladi va Islomdan oʻzga har qanday din Uning xuzurida maqbul emasligini taʼkidlagan.

“Kim Islomdan boshqa dinni istasa, bas, undan hargiz qabul qilinmas”, (Oli Imron: 85-oyat).

Demak, musulmon oʻz eʼtiqodidagi bayram, urf va amallarni qilishga buyurilgan. Bundan tashqari, hozirgi texnika rivojlangan bir davrda yashayapmiz. Bu esa aloqa vositalari orqali dunyoning u chekasidan bu chekkasi bilan bogʻlanish va xohlagan xabarni soniyalar ichida tarqatish imkonini berdi. Valentin kuni ham chiroyli bayram sifatida tarqatish orqali ommaviylashtirib borilmoqda.

Muhabbat asli kimga va qanday boʻlishi kerakligi haqida Islom ulamolari oʻz raʼylarini bildirib oʻtishgan. Shunday ekan muhabbat haqidagi baʼzi ulamolar fikrini keltirib oʻtaman:

Azhariy: “Bandaning Alloh va Rasulini yaxshi koʻrishi ularga itoat etishi va buyruqlarini bajarishi demakdir”, deydi. Bayzoviy: “Muhabbat itoat etishni xohlamoqdir”, deydi. Ibn Arafa: “Arablarda muhabbat bir narsani qasd bilan iroda qilmoqdir”, deydi. Zajjoj: “Insonning Alloh va Rasulini yaxshi koʻrishi ularga itoat etishi, Alloh buyurgan va Rasuli olib kelgan ishlarga rozi boʻlishidir”, deydi… Bu Alloh va Rasuliga boʻlgan boʻlgan muhabbatdir.

Shu oʻrinda insonning insonga nisbatan muhabbati bormi, degan savol boʻlishi mumkin. Ha, u ham bor narsa. Lekin bu degani oʻzga eʼtiqoddagi kofirlar bayramini nishonlash, ular qanday sevishishsa biz musulmonlar ham ulardek boʻlishimiz kerak degani emas. Yaʼni, ularning fahshga, zinoga va eng jirkanch ahloqsizliklarga toʻla bayramini nishonlash orqali boʻlmaydi. Musulmon ikki dunyo azizligining yagona sababi boʻlmish oʻz dini va eʼtiqodidan oladi.

Hizb ut-Tahrirning “Islomda ijtimo nizomi” kitobida shunday deyiladi:

Hayot farovonligi va xotirjamligini taʼminlaydigan hamda ayolning erkak bilan boʻlgan aloqalarini tabiiy ravishda tartibga soladigan, ruhiy jihat – uning asosi, sharʼiy hukmlar, shu jumladan axloqiy qiymatni roʻyobga chiqaradigan hukmlar esa oʻlchovi boʻladigan yagona nizom – Islomdagi ijtimoiy nizomdir.

Chunki Islom insonga – uning erkak yo ayolligidan qatʼiy nazar, unda gʻarizalar, tuygʻular, mayl-istaklar va aql mavjud boʻlgan inson, deb qaraydi. Bu insonga hayot lazzatlaridan foydalanishga ruxsat beradi va bu lazzatlardan koʻproq nasiba olishiga monelik qilmaydi. Lekin bu lazzatlardan jamoat va jamiyatni muhofaza qiladigan, inson farovonligini roʻyobga chiqarish maqsadida insonga oldinga yurish imkonini beradigan tarzda ruxsat beradi.

Chunki bu nizom nav gʻarizasiga – u inson navining davom etishi uchun yaratilgan, deb qaraydi. Bu nizom erkak va ayol oʻrtasidagi erkaklik va ayollik aloqalarini shunday puxta tartibga soladiki, bu gʻariza oʻzining tabiiy yoʻlidan yurib, Alloh uni insonda yaratishdan koʻzlagan maqsadga olib boradi. Bir vaqtning oʻzida erkak va ayol oʻrtasidagi aloqalarni tartibga solib, erkaklik va ayollik aloqasini tartibga solishni ular oʻrtasidagi barcha aloqalarni tartibga solishning bir qismiga aylantiradi. Bu tartib erkak va ayolning birga jamlanishidan yuzaga keladigan oʻzaro hamkorlik jamoat, jamiyat va shaxsga yaxshilik keltiruvchi hamkorlik boʻlishini taʼminlaydi. Shu paytning oʻzida axloqiy qiymatni roʻyobga chiqarishni va uni eng oliy gʻoya – Allohning roziligi boshqarishini taʼminlaydi. Shundagina poklik va taqvo hayotda bu ikki jins oʻrtasidagi aloqalar tariqatini belgilab beradi va hayot uslublari va vositalarini bu tariqatga biror holatda ham zid kelmaydigan qilib qoʻyadi.

“Uning oyatlaridan (yana biri) – U zot sizlar xotirjam boʻlishingiz uchun oʻzlaringizdan juftlar yaratishi va oʻrtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir”. (Rum: 21-oyat)

Muslima singlingiz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.