Rossiya Qirgʻizistondagi GES majmuasini xalqaro tekshiruvdan oʻtkazish uchun pul toʻlashdan bosh tortmoqda

733
0

Rossiya Qirgʻizistondagi GES majmuasini xalqaro tekshiruvdan oʻtkazish uchun pul toʻlashdan bosh tortmoqda

“RusGidro” korxonasi Qirgʻizistondagi Yuqori-Norin GES majmuasining xalqaro auditi uchun pul toʻlamaydi. Bu haqda deputat Almambet Shikmamatov qirgʻiz parlamentining konstitutsiya qonunchiligi, davlat tuzilmasi, sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitasi yigʻilishida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Qirgʻiziston bir necha bor Rossiya kompaniyasini qurilish ishlari uchun mablagʻlarni qaytarish maqsadida xalqaro audit oʻtkazishga chaqirgan. Gap 37 million AQSh dollari haqida bormoqda.

“Xalqaro tekshiruvni tanlab olish Qirgʻiziston uchun muammo, sababi audit oʻtkazish bizga kerak. Rossiya buning uchun pul toʻlamoqchi emas. Biroq komissiya qancha mablagʻlar talab etilishini muhokama qilmagan”, – dedi Almambet Shikmamatov.

Xalqaro kompaniya auditining bahosi 1,5 – 2 million dollar atrofida.

Deputat Aynuru Altiboyevaning taʼkidlashicha, bu respublika uchun juda ham katta puldir. Bundan tashqari, Rossiya tomoni audit natijalarini tan olishi lozim.

Turkiston:

Fevral oyining oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Markaziy Osiyo davlatlariga birin ketin tashrif buyurishi kutilyapti. 28 fevral kuni Putinning Qirgʻizistonga uchib kelishi belgilangan. Rossiya prezidentining Qirgʻizistonga rasmiy tashrifidan kutilayotgan maqsadi haqida siyosatchi va matbuot vakillari tomonidan har xil tahlil va xabarlar yangramoqda.

Yuqorida aytib oʻtilgan Yuqori-Norin GES majmuasi qurilishi xaqidagi shartnoma 2012 yil 2 sentyabrda, Rossiya va Qirgʻiziston urtasida davlatlararo bitim sifatida imzolangan edi. Loyixa ijrosini “RusGidro” oʻz zimmasiga olgan. 2015 yilning 24 dekabr oyida esa, Qirgʻiziston hukumati ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilib, prezident sharnomaning bekor qilinganini eʼlon qildi. Soʻng, milliardlagan sarf xarajat talab qilgan bu loiha uchun 3 yil mobaynida Rossiya tomoni atigi 37 million dollar sarf qilgani aniq boʻldi. Endi “RusGidro” kompaniyasi sarflangan xarajatlarni naqd pul hisobida qaytarilishini talab qilyapti. Qirgiziston hukumati esa, ular olib kelgan uskunalarning narxini va sarf xarajat miqdorini xalqaro audit kompaniyalari tomonidan baholanishini talab qilmoqda. Putinning tashrifi oldidan, Qirgʻiziston bilan Rossiya oʻrtasidagi bu keskin vaziyatga aloqador faktlar yana koʻtarila boshladi. Putin delegatsiyasi kelganida bu mavzuni koʻtarib, Atambayevga bosim qilishda foydalanishi mumkin, degan maʼnoda xabarlar ham tarqaldi.

Yaʼni, Putinning tashrifi Qirgʻizistonda Rossiyaparast siyosiy elita oʻrtasida yuzaga kelayotgan boʻlinishning oldini olishga qaratilishi mumkin. Putin Qirgʻiz elitasining zaiflashib borayotganini va uni Gʻarbparast kuchlar oʻz domiga tortib ketayotganini koʻrib turibdi. Elitani saqlab qolish uchun Qirgʻiz siyosiy muxolif kuchlarining manfaatlarini ham eʼtiborga olmasa boʻlmaydi. Chunki siyosiy elita vakillarining asosiy qismi muxolifat vakillari yoki uning tarafdoridan iboratdir. Bu betainlikka oʻxshash siyosiy holatni paydo boʻlishida Atambayev xatolarining juda katta ulushi bor. Shuning uchun Atambayev Putinning kelishidan xavotirda degan fikr ilgari surilmoqda.

26 yanvar kuni “24 kg” axborot agentligi tarqatgan xabarda, Putinning tashrifi sababli, hatto prezident saylovini muddatidan ilgari belgilash masalasi ham koʻrib chiqilishi mumkinligi aytildi. Chunki, Qirgʻizistonda siyosiy vaziyat keskinlashib boryapti. Yilning oxiriga belgilangan prezident saylovigacha vaziyat izdan chiqib ketishi mumkin. Lekin vaziyatni izga solish uchun prezidentni saylovdan ilgari taxtdan ketishga rozi qilish faqat Putinning qoʻlidan kelishi mumkin. Shuning uchun yuqoridagi bosim berish mumkin boʻlgan GES shartnomasi ustidagi muammolar hozirdan vahimali qilib koʻrsatilmoqda. Chunki Qirgʻiziston hozir iqtisodiy krizis holatida. U hatto auditorlarga toʻlanishi kerak boʻlgan 1.5 million dollarni ham toʻlay olmaydi. Byudjet kamomadi juda katta. Xalqaro valyuta tashkilotlari va tashqi donor davlatlar qarz berishdan boʻyin tovlashyapti. Vaziyatdan qutilishning deyarli bir yoʻli qoldi. U ham boʻlsa, Prezidentning oʻz ixtiyori bilan muddatdan ilgari taxtdan ketishga rozi boʻlishidir. Bu chora Qirgʻiz siyosiy elitasini saqlab qolishning deyarli yagona yoʻli boʻlib turibdi. Aks holda bahordan yana siyosiy beqarorlik boshlanishi mumkin. Hatto bu kutilayotgan beqarorlik Qirgʻizistonni rangli revolyutsiya tomon tortib ketishi ham mumkin. Vaziyatning bunday davom etishi, nafaqat Qirgʻizistonni, balki Rossiya, hatto Qozogʻiston va Oʻzbekistonni ham xavotirlantirmay qoʻymaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.