Tramp Islomga qarshi kurashni kuchaytirish niyatida

398
0

Tramp Islomga qarshi kurashni kuchaytirish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp Florida shatatida joylashgan Mak-Dill harbiy havo bazasida nutq soʻzlab, Islomga qarshi kurashni kuchaytirish niyatida ekanligini maʼlum qildi. U terrorga qarshi kurash haqida soʻz yuritar ekan, “terror” soʻziga “Islom” soʻzini qoʻshib “Islomiy terrorizm”, deya talqin qildi.

“Bugun biz (ittifoqchilarimiz bilan birgalikda) birdam ekanligimiz haqida qotil va buzgʻinchi kuchga (Islomga) signal yuboryapmiz. Amerika Qoʻshma Shtatlari va uning ittifoqchilari albatta ular ustidan gʻalaba qozonadi. Radikal islomiy terrorizm ustidan gʻalaba qozonamiz. Biz ularning mamlakatimizda ildiz otishiga yoʻl qoʻymaymiz”, dedi Tramp terrorizmga qarshi kurash haqida qilgan nutqida.

“Terrorchilar jamoiy qatliom qilishga kirishadilar va butun dunyoda iflos ishlarini amalga oshiradilar”. “Ular 11 sentyabr va Boston hujumlari singari hamda Yevropa boʻylab uyushtirgan terror harakatlari kabi mamlakatimizga hujum qilish niyatidalar” deya qoʻshimcha qildi u.

Tramp Yevropada terroristik hujumlar “nopok matbuot” bunga ahamiyat bermaydigan darajada muntazamlik kasb etganligiga ishora qildi. Shuningdek, U AQSh armiyasiga qarata “Sizlarning orqangizda biz turibmiz. Harbiy imkoniyatingizni kuchaytiramiz. Sizlar bizning qahramonlarimizsiz”, deya armiyani yangi harbiy texnik jihozlar bilan taʼminlashga qasd qilganligini taʼkidladi.

Trampning taʼkidlashicha, “MacDill” bazasi AQSh Markaziy qurolli kuchlari qoʻmondonligining qarorgohini oʻz ichiga oladi va xususan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi harbiy operatsiyalar uchun masʼul vazifasini oʻtaydi.

Ayni paytda AQSh hukumati NATO ittifoqini kuchli shaklda qoʻllab-quvvatlashi haqida maʼlum qildi. Oq Uyning eʼlon qilishicha, Tramp telefon orqali NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan suhbat oʻtkazib, Vashington NATOni qoʻllab-quvvatlashini bildirgan. Biroq u NATO ittifoqining barcha aʼzolari oʻz zimmalaridagi moliyaviy majburiyatlarini toʻliq va munosib tarzda toʻlab qoʻyishlarini talab qilgan.

“Prezident Tramp NATO bosh kotibiga AQShning NATO ittifoqini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Ikki rahbar ittifoqning barcha aʼzolari zimmalaridagi moliyaviy majburiyatlarini bajarish imkoniyatlarini muhokama qilishdi”. “Tomonlar hamkorlikda harakat olib borishga va NATO oldida turgan barcha muammolarni olib tashlash uchun muvofiq ish yuritishga kelishib oldilar”, deyiladi Oq uydan berilgan bayonotda.

Bundan avval Tramp, xususan saylov kampaniyasi davomida NATOning eskirib qolganligi haqida bir necha marta aytib oʻtganligi diqqatga sazovordir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.