Erdogʻan Trampning ishlariga muvaffaqiyat tiladi

663
0

Erdogʻan Trampning ishlariga muvaffaqiyat tiladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan AQSh prezidenti Donalьd Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat chogʻida prezident Erdogʻan Islomga qarshi kurashni kuchaytirishga bel bogʻlagan Trampning ishlariga muvaffaqiyat tiladi. Ikkala rahbar ham “terror”ning har qanday turiga qarshi birgalikda kurashni davom ettirish borasida qatʼiy qarorga ega ekanliklarini taʼkidlashdi.

Turkiya prezidenti matbuot markazidan berilgan bayonotga aytilishicha, taxminan 45 daqiqa davom etgan suhbat paytida prezident Erdogʻan, Turkiya va AQSh har doim bir-biri bilan ittifoqdosh va doʻst boʻlib kelganligiga urgʻu bergan. Tramp ham AQShning strategik hamkori boʻlgan Turkiyani doim qoʻllab-quvvatlashini bildirar ekan, Turkiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mintaqaviy masalalar boʻyicha yaqindan hamkorlik qilish istagida ekanligini bildirgan.

Turkiston:

Maʼlumki, Turkiya rasmiylari AQShning sobiq prezidenti Obamaning baʼzi siyosatidan norozi ekanligini aytib kelayotgan edi. Chunki Obama Turkiyaning terror roʻyxatiga kiritilgan YGP va PYD kabi guruhlarni IShIDga qarshi kurash bahonasida zamonaviy qurol aslahalar bilan taʼminlash hadiqa qaror qabul qilgan edi. Bugunga kelib baʼzi Turk rasmiylari AQShning yangi prezidenti sobiq prezidentning yuqoridagi “xatolarini” tuzatishini bashorat qilmoqda.

Aslini olganda AQShda prezidentlar oʻzgargani bilan AQShning siyosati oʻzgarmaydi. Chunki Amerika siyosati prezidentlarga emas, AQShning boshqaruv muassasiga tobedir. Yaʼni Amerika siyosatini muassasalar belgilaydi va uni prezidentlar amalga oshiradi. Har qanday prezident – u qaysi partiyadan boʻlmasin – Amerikadagi boshqaruv muassasalari belgilab bergan tashqi siyosatni davom ettirishga majburdir. Bu muassasa oʻzining nizomiga oʻzgartirish kiritmaguncha AQShning siyosati oʻzgarmaydi. “Yangi prezident keldi, mana endi bu eski prezidentning xatolarini tuzatadi. Bundan buyogʻiga aloqalarimizda oʻzgarishlar yuz beradi. Yangi prezident YGP va PYD kabi terrorchilarni qoʻllashdan voz kechadi”, degan gaplar quruq koʻzboʻyamachilikdan boshqa narsa emas.

Shuning uchun Trampning kelishi bilan AQSh siyosatida oʻzgarish yuzaga kelishini kutish siyosiy yuzakilikdir. Chunki AQSh siyosati mafkuraga (ideologiyaga) bogʻliq siyosatdir, individual siyosat emas. Shunga koʻra aytish mumkinki, Oq uyga Bush, Obama, Tramp yoki bshqasining kelishi bilan Islomga qarshi kurash toʻxtab qolmaydi. Chunki bu prezidentlarning siyosati emas, AQSh davlatining siyosatidir. Faqatgina uslublarda oʻzgarish boʻlishi mumkin. Masalan Bush Islomga qarshi kurashda harbiy uslubni qoʻllagan boʻlsa, Obama mintaqaviy hamkorlik nomi ostida musulmonlarni oʻzaro urushtirish uslubini tanladi. Tramp ham partiyadoshi Bushning yoʻlini tutishi kutilmoqda. Ammo nima boʻlganda ham, Islomga qarshi dushmanlik davom etaveradi. Demak, oʻz-oʻzidan maʼlumki, AQSh prezidentining ishlariga muvaffaqiyat tilash Islomga qarshi kurashga muvaffaqiyat tilashdir, Alloh bundan saqlasin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.