Qasosda hayot bor!

35
0

Qasosda hayot bor!

Ommaviy axborot vositalari Qirgʼizistonning Talas viloyatida 27 yoshli ayol va uning ikki farzandi oʼldirilgani haqida xabar tarqatgach, ijtimoiy tarmoqlarda yana zoʼravonlik mavzusi kunning asosiy mavzusiga aylandi.

Qirgʼiziston ichki ishlar vazirligining maʼlumotiga koʼra, 2018-yilda aka-uka K.N. va K.M. ismli fuqarolar oʼrtasida mulk yuzasidan janjal kelib chiqqan. Gumonlanuvchi oʼz ukasini pichoqlab oʼldirmoqchi boʼlgan. Mazkur fakt asosida oʼsha yilning mart oyida Qora-Buura tuman sudi hukm chiqardi. Natijada odam oʼldirishga harakat qilish moddasi bilan ayblangan shaxs sakkiz yilga qamaldi. 2023 yil mart oyida u shartli ravishda ozod qilindi.

Tergov maʼlumotlariga koʼra, gumonlanuvchi joriy yilning 24 mayga oʼtar kechasi oʼch olish maqsadida ukasining uyiga borgan. Ukasi dala ishlari bilan band boʼlgani uchun uyida boʼlmagan. Oʼsh paytda u ukasining 27 yoshli xotini va toʼrt yoshli qizi bilan ikki yoshli oʼgʼlini vahshiylarcha oʼldirgan. Politsiya xodimlari jinoyatchini togʼda hibsga olish paytida yoʼq qilgani aytilmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari oilaviy jinoyatlarning koʼpayishini ayollar va bolalar huquqlarining yetarli darajada himoyalanmagani bilan bogʼlaydi. Shu sababli ular Gʼarbda sinovdan oʼtgan qonunlarni taklif qilmoqdalar. Vaholangki, Gʼarbning oʼzi bu muammoning girdobida qolgan boʼlib, undan chiqish yoʼlini topa olmay sarson. Chunki Gʼarb davlatlari ham Qirgʼiziston singari inson ongidan kelib chiqqan demokratik qonunlar asosida boshqariladi. Shu bois oilaviy jinoyatlar kamayish oʼrniga ortib bormoqda. Zero, kapitalistik tuzumda fuqarolar xavfsizligi taʼminlangan emas, jazolar ham jinoyatlarning oldini olishga qaratilmagan.   Buni BMT tomonidan eʼlon qilingan rasmiy hisobotda keltirilgan maʼlumotlar ham tasdiqlaydi. Hisobotda aytilishicha bir yil ichida qasddan oʼldirilgan insonlar soni 464 ming kishiga yetgan. Bu yer yuzidagi urush boʼlayotgan hududlarda halok boʼlganlar sonidan besh baravar koʼpdir. Bunday jinoyatlar asosan jinoiy guruhlar va odam oʼldirishni odat qilgan jinoyatchilar tomonidan sodir etiladi. Masalan, 78 yoshli amerikalik Semyuel Littl 35 yil ichida 90 kishini oʼldirganini tan olgan.

       Bunga muqobil ravishda, Islomda begunoh odamni oʼldirish eng katta jinoyat sanalib, bunga qattiq jazo belgilangan. Qasddan odam oʼldirgan qotilning hukmi – agar marhumning yaqinlari kechirmasa – qasosdir, yaʼni qotil ham oʼldiriladi. Аgar marhumning yaqinlari kechirsa, ularga fidya toʼlanadi. Аgar ular fidyadan ham kechishsa, fidya toʼlanmasligi mumkin. Binobarin, begunoh odamlarni oʼldirishga uringanlar va qotillarning jinoyati agar qozi tomonidan aniqlansa, ularga hech qachon boshqa odam oʼldirishga imkon berilmaydi.

Аlloh taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمْ الْقِصَاصُ فِي الْقَتْلَى

“(Ey moʼminlar) sizlarga oʼldirilgan kishilar uchun qasos olish farz qilindi…

وَلَكُمْ فِي الْقِصَاصِ حَيَاةٌ يَاأُوْلِي الْأَلْبَابِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

Ey ahli donishlar! Sizlar uchun qasosda hayot bordir. Shoyad (jinoyatlardan) saqlansangizlar.

Qasos – bu qanday zarar yetkazilgan boʼlsa xuddi shunday oʼch olish va jinoyatchini jazolash harakatidir. Kasos soʼzi jinoyat uchun beriladigan jazoga va jinoyatchi nima ish qilgan boʼlsa, unga ham xuddi shunday jazo berilishiga nisbatan ishlatiladi. “Sizlarga oʼldirilgan kishilar uchun qasos olish farz qilindi” oyati, qotillik jinoyatining jazosi sifatida qotilni ham oʼldirish sizlarga farz qilindi degan maʼnoni bildiradi.

Buxoriy Аbu Hurayra Gdan rivoyat qilgan hadisda Paygʼambar e aytdilar:

“Oʼldirilganning egasi ikki narsaning yaxshirogʼini olishga haqlidir: yo xun toʼlanadi yoki qotil oʼldiriladi”.

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.