Turkiya aholisining aksariyati terror ortida AQSh va Gʻarb davlatlari turganligiga ishonadi

679
0

Turkiya aholisining aksariyati terror ortida AQSh va Gʻarb davlatlari turganligiga ishonadi

Soʻnggi kunlarda Turkiyada amalga oshirilgan terror hujumlari AQShga nisbatan tanqidlarni kuchaytirdi hamda Injirlik havo bazasi haqida tortishuvlarni yuzaga kelishiga sabab boʻldi. “A&G” tadqiqot markazi tarafidan 42 viloyatda olib borilgan soʻrovlar natijasidan maʼlum boʻlishicha, soʻrovda ishtirok etganlarning 76%i terror amaliyotlarining ortida tashqi kuchlar, xususan Amerika turibdi, deb biladi.

Hurriyat gazetasining yozuvchisi Abdulqodir Selvi prezident Rajab Toyyib Erdogʻan boshchiligida toʻplangan 2017 yilning birinchi vazirlar kengashi yigʻilishida baʼzi vazirlar “AQSh uchun Injirlik havo bazasini yopishimiz kerak”, degan taklif kiritganligi haqida yozdi. Selvining yozishicha, bu vazirlar Injirlik havo bazasi AQShga ochilganidan soʻng terror hodisalari boshlanganligiga ishonadi.

“Bu masala vazirlar kengashida muhokamaga qoʻyilgan mavzulardan emas. Shunday boʻlsa-da, baʼzi vazirlar Injirlik havo bazasini AQShga ochilganidan soʻng terrorizm hodisalari boshlandi degan ishonchdalar. Ular “shunday ekan biz ham Injirlik havo bazasini yopishimiz kerak”, degan fikrlarini oʻrtaga tashlamoqda”, deya yozadi Selvi.

Biroq, Nьyu-Yorkda turib bayonot bergan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushoʻgʻli ayni paytda Injirlik havo bazasini yopish haqida hech qanday masala koʻtarilmayotganligini maʼlum qildi. Biroq AQSh Turkiyaning muhim ittifoqchisi ekanligini urgʻu bergan Chavushogʻluning taʼkidlashicha, agar Amerika IShIDga qarshi yetarli dastak bermasa bu holat jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻladi.

“Injirlik havo bazasini yopish masalasi kun tartibiga kiritilmagan. Ammo koalitsiya IShIDga qarshi kurashda havodan dastak bermasa uning bu yerda turishining hech qanday maʼnosi qolmaydi. Bunday holda xalqimiz ham, ularga nima uchun Injirlik havo bazasidan joy berib qoʻyibsiz? Biz shahidlar beryapmiz, siz nega dastak bermayapsiz, dastak bermasangiz nega keldingiz? deyishi tabiiy. Bu juda oʻrinli savol”, dedi Chavushogʻlu.

Turkiya va AQSh aloqalarida muhim oʻrinni egallagan Injirlik havo bazasida hozirda 2500 atrofida AQSh askarlari mavjud. Harbiylarning oilasini ham hisobga olganda Injirlik havo bazasida minglagan insonlar istiqomat qiladi. Bundan tashqari, u yerda AQSh restoranlari, Amerika mollarini sotuvchi yirik supermarketlar, basketbol va beysbol maydonlari mavjud.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.