AQSh davlat kotibi Moskvaga keldi

397
0

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga tashrif buyurdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

Kerri tashrif davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar o’tkazishi rejalashtirilgan.

Uning Moskvaga tashrifi 2 kun davom etadi. 24 mart, payshanba kuni Kerri Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o’tkazishi kutilmoqda. Uchrashuvlarda Suriyadagi siyosiy inqiroz, Ukrainadagi vaziyat va Yaqin Sharqdagi holat, shuningdek xalqaro xavfsizlik muammolari yuzasidan muhokama o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

RIA Novosti muxbiri 21 mart kuni Gavanada Kerriga Moskvadagi uchrashuv yuzasidan yuzlanib, uchrashuvdan nima kutayotgani haqida savol berganida AQSh rasmiysi shunday javob bergandi: “Biz Yaqin Sharq va Ukrainadagi vaziyat shuningdek, xavfsizlik masalalarini muhokama qilamiz”.

Muzokaralar davomida o’ziga xos mavzular muhokama qilinadimi degan savolga Kerri: “O’ziga xos mavzular bisyor” deya javob qildi. Lekin u aynan qaysi mavzularni aytayotgani haqida to’xtalib o’tmagan.

Kerri, shuningdek, Rossiya rahbariyati bilan “Minsk kelishuvlarining to’liq amalga oshirilishi zarurligini” muhokama qilmoqchi. Shu tufayli Rossiya TIV Jon Kerrining bu tashrifi Rossiya-Amerika munosabatlarining normallashtirilishiga turtki bo’lishiga umid bildirmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.