Atambayevni tanqid qilish mumkin emasmi?

405
0

Atambayevni tanqid qilish mumkin emasmi?

Jalolobod viloyatida yashovchi fuqarolar “Feysbuk” ijtimoiy tarmogʻida prezident Almazbek Atambayev toʻgʻrisida yozganlari sababli xavfsizlik xizmatida uch kun soʻroq berib, ogohlantirish olishdi. Suzoqdan toʻrt, Bozorqoʻrgʻondan besh, Ahsining ikki fuqaroga ogohlantirish berilgan. Bu haqida soʻroqqa chaqirilgan fuqarolarning oʻzlari “Ozodlik” radiosi qirgʻiz xizmatiga maʼlum qilishdi. Ular xavfsizlik xizmatidan ogohlantirish olishganidan soʻng “Feysbuk”dan foydalanmay qoʻyishganini aytishdi.

Oʻz navbatida MXDQ viloyat boshqarmasi bu xabarni inkor qilib, hech kim soʻroqqa chaqirilmaganini bildirdi.

10 yanvarda ayrim axborot vositalari va “Feysbuk”da MXDQ raisi oʻrinbosari Bolot Suyumbayevning “Feysbuk”da prezident Atambayev toʻgʻrisida salbiy fikr bildirgan 45 kishi aniqlangani, ularning yashash joyi va internetga kirgan manzili aniqlanayotgani haqida Jogorku Kenesh deputati Irina Karamushkinaga yozilgan javob xati paydo boʻlgan edi.

Turkiston:

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan “Feysbuk”da Qirgʻiziston rahbariyati olib borayotgan siyosatni tanqid qilib, hukumatning asl basharasini ochib tashlayotgan maqola va postlar koʻpayib borayotgani rasmiy hukumatni tashvishga solib qoʻygan koʻrinadi. Oʻz odatiga muvofiq rasmiy hukumat bunday koʻrinishlarni oldini olish uchun qoʻllaydigan ishonchili usuli –qoʻrqitish siyosatini boshlab yubordi.

MXDQ hukumatga hisob berish uchun tanqidiy fikr bildirgan fuqarolar yashash joyi va internet manzilini aniqlashga kirishib, bir qator Qirgʻiziston fuqarolari roʻyxatini eʼlon qildi. Qizigʻi shundaki, maxsus xizmat eʼlon qilgan roʻyxat haqiqatga mos kelmaysligidir. Oʻzini “erning ostida ilon qimirlasa sezadigan” hisoblaydigan maxsus xizmat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining internet manzillarni aniqlay olmay duch kelgan fuqaro yoki davlat nomini keltirib oʻtipti. Bundan koʻzlangan maqsad esa aniq – qanday qilib boʻlsa ham fuqarolar qalbiga qoʻrquv solish, hukumat olib borayotgan siyosatga salbiy munosabat bildirmay, koʻrlarcha va karlarcha ergashishga majbur qilishdan iborat xolos.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.