Putin: Suriya rejimi bilan muxolifat oʻrtasida moʻrt bitim imzolandi

772
0

Putin: Suriya rejimi bilan muxolifat oʻrtasida moʻrt bitim imzolandi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Suriya muxolifat vakillari bilan Asad kuchlari oʻrtasida sulh tuzilganini eʼlon qildi. Putinga koʻra, taraflar oʻrtasida 3 holat boʻyicha hujjat imzolangan.

“Damashq va Muxolifat oʻrtasida uchta hujjat imzolandi. Birinchi hujjat – Suriyada oʻt ochishni toʻxtatish haqida. Ikkinchi hujjat – oʻt ochishni toʻxtatish rejimini nazorat qilish boʻyicha “kompleks chora-tadbirlar” haqida. Uchinchi hujjat – Suriyada yechim uchun muzokaralarni boshlash toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi haqida. Tomonlar oʻrtasida imzolangan bitimlar Rossiyaning Turkiya va Eron bilan olib borgan faoliyatlari natijasida yuzaga keldi. Albatta bu bitimlar moʻrt. Bitimlarni himoya qilish va takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish kerak”, dedi Rossiya prezidenti.

Shuningdek Putin Rossiyaning Asad kuchlariga, Turkiyaning esa muxolif kuchlarga kafil boʻlishiga alohida urgʻu berdi.

Bu haqida bayonot bergan Erdogʻan 30 dekabr soat 00:00dan eʼtiboran kuchga kirishi kutilayotgan bitim Suriya boʻylab amalga oshirilishini maʼlum qildi. Erdugʻon mazkur bitimga koʻra taraflar oʻz nazorati ostidagi mintaqalarni bir birlarining ziyoni evaziga kengaytira olmasligini ham qoʻshimcha qilar ekan, “Qimmatli doʻstim janob Putin boshchiligida otashkesim jarayonini qoʻllab-quvvatlagan barcha taraflarga tashakkur bildiraman”, deya mulozamat koʻrsatdi.

“Albatta bu bitim BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi tashkilot hisoblangan guruhlarni oʻz ichiga olmaydi”, deya qoʻshimcha qildi Erdogʻan.

Hizb ut-Tahrir – Markaziy matbuot boʻlimi nomidan Doktor Mamduh Faraj mazkur jarayonni izohlar ekan, Halabning Asad qoʻliga oʻtishi uchun tuzilgan reja va bu rejaning butun Suriya boʻylab tatbiq qilinishida Turkiya hukumatining xiyonatiga toʻxtaldi.

“Suriya inqilobini zaiflashtirish va sindirish uchun Amerika, Rossiya va Eronni qoʻllab-quvvatlagan Turkiyaning roli oshkor boʻldi va achchiq mevasini bera boshladi. Erdogan hukumati oʻzining xiyonatini yashirmay qoʻydi. Vaholangki, bundan avval u oʻzining xiyonatlarini Islomiy shiorlar va vatanparvarlik niqobi bilan oʻrab kelardi.

Turkiyaning roli Halab jarayonini rejim foydasiga aylantirdi va natijada katta fojea yuz berdi. Halab voqealari inqilob boshlangandan buyon bugungi kungacha sodir boʻlgan voqealarning tabiiy natijasidir. Baʼzi muxolifat vakillari xoin Turkiyaning inqilob tarafdori ekanligiga ishonib, u bilan aloqa oʻrnatgan edi. Biroq turkiya paytini poylab ularni jarga itarib yubordi” deydi Doktor Mamduh.

“Ammo – deya soʻzini davom ettiradi mamduh – Suriya inqilobining bugungi vaziyati yangi boshlangan kundan koʻra ancha ilgʻor. Hamma shuni yaxshi bilib qoʻysinki, Suriya inqilobi, Halabdan boshlangan emas, Halab bilan tugamaydi ham. Suriyadagi xalqimizning yangi bosqichga oʻtishi Allohning izni ila gʻalaba uchun qoʻyilgan qadamlar boʻladi”.

Darhaqiqat Putin va Erdogan tarafidan xushxabar qilingan oʻt ochishni toʻxtatish bitimi hech qancha vaqt oʻtmay buzilishni boshladi. Soʻngi olingan xabarlarga koʻra, Asad kuchlari bir necha soat ichida bitimni toʻrt marta buzishga ulgurgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.