AQSh Rossiyaga qarshi navbatdagi sanktsiyalarni joriy qiladi

388
0

AQSh Rossiyaga qarshi navbatdagi sanktsiyalarni joriy qiladi

AQSh prezidenti Barak Obama maʼmuriyati “saylovlarga aralashgan” Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni bugun kiritishni rejalashtirmoqda.

Yangi sanktsiyalar amaldagi cheklovlarni kengaytirish va diplomatik darajadagi choralarni amalga tatbiq etishni nazarda tutadi. Shuningdek, telekanalning xabar berishicha, AQSh hukumati bir necha “maxfiy” choralarni ham qoʻllaydi.

“Taxminlarga koʻra, yangi sanktsiyalar doirasida yolgʻon maʼlumot tarqatish bilan shugʻullangan Rossiya kampaniyasiga aloqador maʼlum bir kishilar nomi oshkor etiladi”, – deb xabar qildi CNN.

Avvalroq, amerikalik senator Lindsi Grem Rigadagi chiqishi davomida “kongress Rossiyaning saylovlarga aloqadorligini tekshiruvdan oʻtkazadi va har ikki partiya tomonidan tasdiqlangan yangi sanktsiyalar Rossiya va shaxsan prezident Vladimir Putinga qattiq zarba boʻlib tushadi”, deya aytib oʻtdi (Reuters agentligidan iqtibos).

Telekanalning aniqlashicha, AQShning javobi yanvarda Barak Obamaga razvedka tomonidan taqdim etiladigan hisobotga bogʻliq boʻlmaydi. Taxminlarga koʻra, bu hisobot ichida “Xitoyning 2008 va 2012 yillardagi kiberhujumlari haqidagi maxfiy razvedka maʼlumotlari, shuningdek Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi vaqtida yolgʻon axborot tarqatilishi bilan bogʻliq xabarlar” boʻladi.

Yangi choralar AQSh hukumati tomonidan muhokama qilinganidan soʻng ikki oy oʻtib kiritilishi mumkin.

Maʼlumot uchun, AQSh bir necha bor Rossiyani saylovlarga aralashganlikda ayblagandi. Barak Obama esa oʻzining har yilgi matbuot anjumanida Vladimir Putinni “aralashuvlarni toʻxtatish”ga shaxsan chaqirgani haqida maʼlum qildi. Bu holat Demokratik partiya serverlarining buzib kirilishidan soʻng yuz bergan.

Turkiston:

Xalqaro siyosat olamida ikki turda va ikki yoʻnalish boʻylab kurash olib boriladi.

1) Mabdaiy: Yaʼni sistemalar oʻrtasidagi kurash. Bunda, yetakchi sistema vakillari yangi bosh koʻtarib kelayotgan mabdaga qarshi birgalikda kurash olib borishadi, xuddi bugungi kunda yuz berayotganidek. Hozirgi paytda ustimizdagi mavjud kapitalistik sistema vakillari yangidan uygʻonib kelayotgan Islom mabdasiga qarshi bir front boʻylab hamkorlikda harakat olib borishyapti. Bu kurash maydonida AQSh bilan Rossiya, YeI va barcha kapitalistik davlatlar hamkorlik qilishmoqda.

2) Manfaatlar kurashi: Bu kurash olamdagi har bir mamlakat oʻrtasida maʼlum darajada olib boriladi. Bunda, har bir davlat oʻz manfaatini himoya qilish asosida oʻzaro bir-biriga kurash olib boradi. Masalan AQSh Rossiya va YeI davlatlari bilan doimiy kurash holatidadir. AQSh dunyo yetakchiligini saqlab turish maqsadida ularni doim biror muammoga giriftor qilib, oʻziga boʻlgan tobeʼliklarini mustahkamlab olmoqchi boʻladi. Oʻz navbatida dunyodagi qolgan mamlakatlar ham, AQSh va boshqa yirik davlatlarning bosimlaridan qutilish uchun imkoniyatlari darajasida doim chora tadbirlar izlab borishadi. Bu – bir sistema ichida borayotgan tabiiy kurash jarayonlari desak toʻgʻri boʻladi.

Yuqoridagi AQShning Rossiyaga boʻlgan muomalasi yoki Shom ahliga qarshi ularning bir biri bilan til biriktirishlari bir biriga zid harakatlarga oʻxshab koʻrinadi. Lekin har ikki muomala ham muayyan manfaat ustiga qurilgan. AQSh Rossiya bilan harbiy hamkorlik olib borayotgani bois Yevropa davlatlarining baʼzi manfaatlariga putur yetmoqda. Masalan migirantlar muammosi va xavfsizlik masalasi shular jumlasidan. AQSh Rossiyadan harbiy harakatlarda foydalanayotgan boʻlsa, Yevropadan mafkuraviy quvvat markazi sifatida foydalanadi. Ularning har ikkisi oʻz oʻrnida AQSh uchun kerakli va manfaatlidir. Shuning uchun AQSh Rossiyadan Islom va musulmonlarga qarshi mabdaiy kurashda foydalanib borayotib, uni harbiy agressor sifatida dunyoga namoyon qilyapti. Maqsadi Rossiyani Yevropaga tahdid qiluvchi harbiy quvvat sifatida ushlab turishdir. AQSh bir vaqtning oʻzida Islom sistemasiga qarshi kufr olami bilan birga kurashga boshchilik qilib, Rossiya bilan hamkorlik qilyapti hamda Yevropa bilan birga Rossiyaga iqtisodiy zarba berib boryapti. Chunki Rossiya Suriyada harbiy tuzoqqa deyarli tushib boʻldi. Uning ichki iqtisodiy holati muammolar girdobiga botib boryapti. Shuning uchun AQSh Rossiyaga har qancha bosim bermasin, Putinning AQShga xizmatchi boʻlishdan oʻzga chorasi yoʻq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.