AQShdan rossiyalik 35 diplomat chiqarib yuboriladi

424
0

AQShdan rossiyalik 35 diplomat chiqarib yuboriladi

“Reuters” axborot agentligining xabar qilishicha, rossiyalik diplomatlarga AQShni tark etish uchun 72 soat beriladi. Bu haqda agentlikka anonim qolish sharti bilan amerikalik amaldor maʼlum qildi.

Uning aytishicha, bu chora AQShdagi 35 nafar rossiyalik diplomatga tatbiq qilinadi.

Keyinroq AQSh Davlat departamenti bu xabarni tasdiqladi.

“Davlat departamenti bugun diplomatik yoki konsullik maqomlariga nomuvofiq holda harakat qilgan, AQShda ishlovchi 35 rossiyalik amaldorni “persona non grata” (mamlakatda boʻlishi istalmagan shaxs) deb eʼlon qildi”,- deb aytdi davlat departamenti vakili Mark Toner.

Xabarda aytilishicha, bu choralar Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuviga va amerikalik diplomatlarning xorijda taqib qilinishiga javob tariqasida kiritilgan.

“Bu taqib qilishlar politsiya tomonidan sababsiz toʻxtatish, jismoniy zoʻravonlik qoʻllash, davlat televideniyesida xodimlarimiz haqida shaxsiy maʼlumotlarning koʻrsatilishi kabi harakatlarni oʻz ichiga olgan. Bu ularni xavf ostiga qoʻygan”,- deb aytildi xabarda.

Oʻz navbatida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov prezident Vladimir Putinga AQShning bu harakatiga javob tariqasida 35 nafar amerikalik diplomatni mamlakatdan haydash taklifi bilan murojaat qildi.

“Interfaks” maʼlumotiga koʻra, Sergey Lavrov Moskvadagi AQSh elchixonasining 31 nafar xodimi va Sankt-Peterburgdagi konsullik boʻlimining toʻrt xodimini haydashni soʻragan.

Turkiston:

Xalqaro siyosat olamida ikki turda va ikki yoʻnalish boʻylab kurash olib boriladi.

1) Mabdaiy: Yaʼni sistemalar oʻrtasidagi kurash. Bunda, yetakchi sistema vakillari yangi bosh koʻtarib kelayotgan mabdaga qarshi birgalikda kurash olib borishadi, xuddi bugungi kunda yuz berayotganidek. Hozirgi paytda ustimizdagi mavjud kapitalistik sistema vakillari yangidan uygʻonib kelayotgan Islom mabdasiga qarshi bir front boʻylab hamkorlikda harakat olib borishyapti. Bu kurash maydonida AQSh bilan Rossiya, YeI va barcha kapitalistik davlatlar hamkorlik qilishmoqda.

2) Manfaatlar kurashi: Bu kurash olamdagi har bir mamlakat oʻrtasida maʼlum darajada olib boriladi. Bunda, har bir davlat oʻz manfaatini himoya qilish asosida oʻzaro bir-biriga kurash olib boradi. Masalan AQSh Rossiya va YeI davlatlari bilan doimiy kurash holatidadir. AQSh dunyo yetakchiligini saqlab turish maqsadida ularni doim biror muammoga giriftor qilib, oʻziga boʻlgan tobeʼliklarini mustahkamlab olmoqchi boʻladi. Oʻz navbatida dunyodagi qolgan mamlakatlar ham, AQSh va boshqa yirik davlatlarning bosimlaridan qutilish uchun imkoniyatlari darajasida doim chora tadbirlar izlab borishadi. Bu — bir sistema ichida borayotgan tabiiy kurash jarayonlari desak toʻgʻri boʻladi.

Yuqoridagi AQShning Rossiyaga boʻlgan muomalasi yoki Shom ahliga qarshi ularning bir biri bilan til biriktirishlari bir biriga zid harakatlarga oʻxshab koʻrinadi. Lekin har ikki muomala ham muayyan manfaat ustiga qurilgan. AQSh Rossiya bilan harbiy hamkorlik olib borayotgani bois Yevropa davlatlarining baʼzi manfaatlariga putur yetmoqda. Masalan migirantlar muammosi va xavfsizlik masalasi shular jumlasidan. AQSh Rossiyadan harbiy harakatlarda foydalanayotgan boʻlsa, Yevropadan mafkuraviy quvvat markazi sifatida foydalanadi. Ularning har ikkisi oʻz oʻrnida AQSh uchun kerakli va manfaatlidir. Shuning uchun AQSh Rossiyadan Islom va musulmonlarga qarshi mabdaiy kurashda foydalanib borayotib, uni harbiy agressor sifatida dunyoga namoyon qilyapti. Maqsadi Rossiyani Yevropaga tahdid qiluvchi harbiy quvvat sifatida ushlab turishdir. AQSh bir vaqtning oʻzida Islom sistemasiga qarshi kufr olami bilan birga kurashga boshchilik qilib, Rossiya bilan hamkorlik qilyapti hamda Yevropa bilan birga Rossiyaga iqtisodiy zarba berib boryapti. Chunki Rossiya Suriyada harbiy tuzoqqa deyarli tushib boʻldi. Uning ichki iqtisodiy holati muammolar girdobiga botib boryapti. Shuning uchun AQSh Rossiyaga har qancha bosim bermasin, Putinning AQShga xizmatchi boʻlishdan oʻzga chorasi yoʻq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.