Erdo‘g‘on Asad bilan uchrashishini ma’lum qildi

157
0

Erdo‘g‘on Asad bilan uchrashishini ma’lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zi boshchilik qilayotgan “Adolat Taraqqiyot” partiyasining viloyat raislari yig‘ilishida Suriya rejimining rahbari Bashar Asad bilan uchrashishini ma’lum qildi. Erdog‘an o‘z nutqi davomida asosan Asad rejimining Suriyada yuritayotgan siyosatiga e’tibor qaratar ekan: “Vazirlarimiz Suriya va Rossiya bilan uchrashdi. Endi tashqi ishlar vazirlarimiz o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Undan so‘ngra liderlar sifatida biz uchrashamiz. Maqsadimiz mintaqada tinchlikni saqlashdir”, dedi.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Asad rejimi bilan muzokaralar olib borishdan ko‘zlangan maqsad terrorizmga qarshi kurash olib borish, Suriyaning hududiy yaxlitligini himoya qilish va suriyalik muhojirlarni xavfsiz shaklda vataniga qaytarishdir. Anqara hukumatiga ko‘ra, bu tashabbus BMTning 2254-rezolyutsiyasiga asoslangan.

Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar ham Turkiya, Rossiya va Suriya o‘rtasida uch tomonlama uchrashuvni olqishlab, bu jarayon oradan 11 yil o‘tgach, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun va mintaqada tinchlikni saqlash uchun yaxshi niyat bilan boshlaganligini bildirdi.

Izoh: Prezident Erdo‘g‘an 2013 yil 5 may kuni o‘zining tvitter sahifasida “Ey Bashar Asad, Allohga qasamki, qilmishlaringga albatta javob berasan! Allohning izni ila bu qotilning dunyoda javobga tortilishiga guvoh bo‘lamiz”, deya yozgan edi. Bundan keyin ham prezident Erdo‘g‘an bir necha marta Bashar Asadning qotil va zolimligini, Suriyaning qonuniy rahbari emasligini takrorlagan edi. Xo‘sh, nega endi Erdog‘an janoblari bir paytlar “Ey qotil” deb murojaat qilgan Asad bilan bugunga kelib uchrashgisi kelib qoldi?!

Siyosatdan biroz xabari bor insonga ma’lumki, Turkiya o‘zining mustaqil tashqi siyosatiga ega emas. Uning tashqi siyosati tamoman AQSHga tobedir. Turkiyaning nafaqat Suriya bilan, Isroil, Misr, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bilan ham normallashma siyosati AQSHning mantaqadagi siyosatiga tobedir.

Shuningdek, bugungi kundagi Turkiyaning Asad rejimi bilan normallashuv qadami ham Amerika tomonidan belgilab berilgan siyosiy vazifaning bir qismi ekanligi kundek ravshan. Bundan avval Erdog‘an Mujohidlar tarafida turish, ularni qurol-yaroq bilan ta’minlab, o‘ziga og‘dirish va Asad qo‘ldan boy bergan mintaqalarni birma-bir Asadga qaytarish vazifasini a’lo darajada bajarib bergan edi. Endi esa, Asadning qonuniy prezidentlik maqomini qayta tiklash uchun ham asosiy rol Turkiyaga berildi.

Uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Asadning qonuniy prezidentligini qayta tiklash bo‘lsada, Suriyaning hududiy yaxlitligini himoya qilish va suriyalik muhojirlarni xavfsiz shaklda vataniga qaytarish hamda eng muhimi terrorizmga qarshi kurash bahonalari asosiy maqsad sifatida talqin qilinmoqda. Go‘yoki, kimyoviy qurol va barrel bombalari kabi ommaviy qirg‘in qurollari bilan milliondan ortiq musulmonlarni qirg‘in qilgan va son-sanoqsiz musulmonlarni yerosti qamoqxonalarida qiynoq ostida qatl qilgan Asad terrorchi emasdek.

Ushbu vaziyat Islom Ummatiga nisbatan xiyonat ketidan xiyonat tinimsiz uyushtirilayotganidan darak bermoqda. Islom Ummati bitta bayroq ostida birlashmas ekanlar, bu kabi fitnalarning qurboni bo‘lib qolishda davom etaveradi. Zero, bu fitnalarni faqat va faqat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatigina to‘xtatishga qodirdir. Shuning uchun biz Islomiy Ummatga murojaat qilib, musulmonlarni ushbu horlikdan qutqarish uchun ongli ravishda harakat qilayotgan muxlis insonlar bilan birga payg‘ambarlik minhoji asosidagi to‘g‘ri yo‘lni tutuvchi Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilishga chaqiramiz.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.