Chingiz Qoraqushning vafot etgani haqida xabar qiladi

541
0

Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati

Chingiz Qoraqushning vafot etgani haqida xabar qiladi

إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّـا إِلَيْهِ رَاجِعونَ

“Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta Oʻziga qaytajakmiz”

Chingiz Qoraqush Hizb ut-Tahrirning Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun shijoat bilan jiddiy faoliyat qiluvchi sara yigitlaridan biri edi. Chingiz ] Hizb safiga 25 yil muqaddam kirdi va oʻsha vaqtdan buyon Hizb safida faoliyat qilib keldi. U juda shijoatli edi va bu sifat uni togʻutlar oldida haqni qoʻrqmay aytadigan insonga aylantirdi. Robbiga bergan vaʼdasini saqladi, oxirgi nafasiga qadar Islomga doʻst boʻlib yashadi. Islomga daʼvat qilgani sababli yetti marta hibsga olindi va bir necha yillik qamoqqa hukm qilindi. Hizb ut-Tahrirga aʼzoligi sababli sud qilinganda sudlarga hargiz boʻyin egmadi va doim sobit turib, haq soʻzni aytdi.

Birodarimiz Chingiz oʻzi yashagan Erzurum viloyatida faoliyat qilib, odamlar bilan kapitalistik tuzum iflosligidan ozod boʻlish borasida suhbatlashardi. Qoʻni-qoʻshnilarini, qarindoshlarini, barcha musulmonlarni ezgulik va haqqa daʼvat qilardi. Hamma uni Hizb ut-Tahrir aʼzosi sifatida tanirdi. Olti farzandning otasi boʻlgan birodarimiz Chingizni uning haq soʻziga toqat qilolmagan xasis sarmoyador kishilar oʻldirishdi.

Biz Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati aʼzolari Alloh Taolodan birodarimiz Chingizni Oʻzining keng rahmatiga burkashini hamda Alloh Azza va Jalladan ahli oilasiga sabri jamil berishini soʻraymiz.

Qadrli birodar! Rohim Robbimiz sizni rahmat qilsin, jannati mevalari bilan, uning tagida oquvchi zilol daryolari bilan rizqlantirsin. Darhaqiqat Rosululloh A

“مَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً”

“Kim yelkasida bayʼat boʻlmagan holda vafot etsa, johiliyat oʻlimini topibdi”, deya marhamat qilganlar. Biroq siz xalifaga bayʼat qilolmagan boʻlsangiz-da, Allohdan bayʼat qilish uchun xalifa barpo etish yoʻlida olib borgan daʼvatlaringizni qabul aylashini soʻraymiz. Biz Islomga daʼvat etish hamda Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish yoʻlidagi shijoatli faoliyatlaringiz va fidokorligingizga guvoh boʻlganmiz. Insha Alloh, Alloh mana shu faoliyatlaringiz, fidokorligingiz evaziga qiyomatda sizni zafar topgan va bashorat qilingan zotlardan qilajak.

مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُم مَّن قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا

“Moʻminlar orasida Allohga bergan ahdu paymonlariga sodiq turgan kishilar bor, ulardan ayrimlari oʻz ahdiga vafo qildi, (yaʼni shahid boʻldi), ayrimlari esa intizordir, (ular ahdu paymonlarini) oʻzgartirganlari yoʻq” [Ahzob 23]

Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot boʻlimi

Web: www.hizb-turkiye.org

E-Mail: bilgi@hizb-turkiye.org

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.