Gʻarq boʻlmasidan oldin kemangizni qutqarib qoling

736
0

“Zoʻravonlikdan tiyilish” tashabbusi AQSh boshchiligidagi navbatdagi til biriktiruv boʻlib, undan qoʻzgʻolonni yoʻq qilish va jinoyatkor Bashar rejimini saqlab qolish koʻzlangan

Suriyadagi ahlimizning ashaddiy dushmanlari boʻlgan va jinoyatkor rejim bilan baʼzi qoʻzgʻolonchi guruhlar oʻrtasida soʻzlashuvlarga yetakchilik qilayotgan Turkiya, Rossiya, Eron davlatlari tomonidan 2017 yil 4 may payshanba kuni Ostona konferentsiyasining toʻrtinchi turi yakunida memorandum imzolandi. Memorandum matnida “toʻqnashuvlardan xoli mintaqa” belgilanishi, bu mintaqalarning chegaralari boʻylab “xavfsiz hududlar” tashkil qilinishi aytilgan. Tashkil qilingan xavfsiz hududlarda qurolsiz fuqarolarning oʻtishini, insonparvarlik yordamlari kirishini hamda iqtisodiy tadbirlar davom etishini taʼminlaydigan “nazorat punktlari” faoliyat olib boradi. Bu mintaqalar ikki hafta davomida belgilanadi. Ammo Al-Qoida va “Davlat” tashkilotiga kelsak, toʻqnashuvlardan xoli toʻrt mintaqa bilan xavfsiz hudud tashqarisida va ichkarisida ularga qarshi kurash davom etaveradi. Bitim muddati birinchi bosqich sifatida olti oy boʻlib, buni idora qilish ishi kafil davlatlarga qarashli birlashmalarga topshiriladi.

Biz Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati aʼzolari Shomda sabot-matonat bilan turgan ahlimizga ayni bitim quyidagicha xavfli oqibatlar keltirib chiqarishini bayon qilmoqchimiz:

1 – Birinchi, ayni bitimga qarshi boʻlgan guruhlar bilan rozi boʻlmagan guruhlar oʻrtasida, soʻng Gʻarbni rozi qilganlar bilan uning gʻazabini keltirganlar oʻrtasida navbatdagi fitna, boʻlinish va jang kelib chiqadi.

2 – Har qanday xolis jiddiy harakatni bostirish maqsadida qoʻzgʻolonchi guruhlar qonxoʻr rejim mintaqalari qoʻriqchilariga aylanadi, xuddi ilgari ham Favʼa bilan Kufriyoda boʻlgani kabi.

3 – Rejimga xotirjamlik va boshqa mintaqalarni qaytarib olishi uchun yetarli vaqt yaratiladi.

4 – Ozod etilgan mintaqalardagi xolis jangchilarning qurolsizlanishi toʻgʻrisidagi fikrni oʻrtaga tashlash uchun zamin tayyorlanmoqda. Bundan qurolsizlantirilgan mintaqalarni paydo qilish koʻzlangan.

5 – Davlatlar istagiga qarshi chiqqan va Amerika yechimidan bosh tortgan musulmonlarni kichikroq bir mintaqalarga izolyatsiya qilib, zarba berib yoʻq qilinadi.

6 – Rossiyaning hamda AQSh yetakchiligidagi koalitsiyaning oʻz nazorati ostida boʻlmagan mintaqalarni bombardimon qilishi hamda terroristlarni bombardimon qilyapmiz, degan iddio bilan musulmonlarni ajratib oʻtirmay qatli om qilishi qonuniylashtiriladi.

7 – Asad rejimi bilan muxolafat oʻrtasini ajratish, degan bahona bilan Turkiya va arab davlatlari qoʻshinlari ozod qilingan yerlarga kiradi. Aslida esa, ular oʻzlariga tobe boʻlgan guruhlarni bevosita boshqarish, qayta tuzish va ularning kelasi bosqichda rejim armiyasi bilan qorishgan holda harakat qilishlari uchun zamin tayyorlashadi.
Biz Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati aʼzolari Shom qoʻzgʻoloni juda yomon ahvolga tushishidan ogohlantirib, xatar bongini uramiz. Musulmonlar masalasini xalqarolashtirish uni dushmanga topshirishni, binobarin boy berishni anglatishini va bu tarixda oʻz isbotini topganini xolis kishilarga eslatamiz. Alloh Taolo bunday dedi:

وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنْصَرُونَ
“Zulm yoʻlini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar), aks holda, sizlarga doʻzax oʻti yetadi. Sizlar uchun Allohdan oʻzga biron doʻst yoʻqdir. Keyin (yaʼni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga nusrat berilmas” [Hud 113]

“Xavfsiz hudud” yaratish bitimi navbatdagi qazilgan oʻra boʻlib, unga bizni xalqaro makr korchalonlari agʻdarishmoqchi boʻlishyapti. Shu orqali qoʻzgʻolonimiz oʻz gʻoyasiga yetib borishidan oldin uni yoʻq qilishmoqchi… Xoʻsh, dushmanlarimiz yuragimizga xanjar urgunlaricha qoʻl qovushtirib turaveramizmi yoki bunday xatarli bitim bandlarining ajro etilishini oldini olish va musulmonlar qoni bilan oʻynashayotgan kimsalarni tiyib qoʻyish uchun, soʻng la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh aqidasidan balqib chiqqan va Hizb ut-Tahrir taqdim etgan aniq siyosiy loyihani tabanniy qilish uchun zudlik bilan samarali harakat qilamizmi hamda kemamiz choʻkmasidan oldin, uni omonlik sohiliga yetkazib berishi uchun Hizbni siyosiy yetakchi qilib olamizmi?! Alloh Taolo bunday dedi:

إِنَّمَا وَلِيُّكُمُ اللَّهُ وَرَسُولُهُ وَالَّذِينَ آَمَنُوا الَّذِينَ يُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَهُمْ رَاكِعُونَ وَمَنْ يَتَوَلَّ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَالَّذِينَ آَمَنُوا فَإِنَّ حِزْبَ اللَّهِ هُمُ الْغَالِبُونَ
“Sizlarning doʻstingiz faqat Alloh, Rosuli va taʼzim-tavozeʼ qilgan hollarida namozni toʻkis ado etadigan, zakotni (haqdorlarga) ato etadigan moʻminlardir. Kimki Allohni, Rosulini va moʻminlarni doʻst tutsa, (najot topgay), zero faqat Allohning hizbigina gʻolib boʻlguvchilardir” [Moida 55]

Hizb ut-Tahrir 10 shaʼbon 1438h
Suriya viloyati 7 may 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.